Fransuz va ingliz buldoglaridan dunyoga kelgan Petuniya laqabli kuçuk AQŞda ötkazilgan «Dunyodagi eng badbaşara kuçuk» tanlovida ğolib çiqdi, deb xabar berdi New York Times. 

Petuniya Kaliforniya ştatida bölib ötgan tanlovga Oregon ştatidan qatnaşdi. Tanlovda hammasi bölib 10ta it iştirok etgan.

Tanlovda ğolib çiqqani uçun uning egasiga 5000 dollar mukofot berildi hamda kuçuk NBC telekanalining «Today» şousida qatnaşadigan böldi.