Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch qahramon bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)
Toshkent tumanidagi Uch qahramon bozorida yirik yong‘in ro‘y berib, salkam 2,5 soatda o‘chirildi. Jarayonga 10 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. FVV jarohat olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.
11 avgust kuni yarim tunda Toshkent tumanida joylashgan Uch qahramon bozorida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Qayd etilishicha, soat 02:22 da Toshkent viloyati FVBga bozor yonayotgani haqida xabar berilgan. Yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 7 daqiqada yetib borgan. Jarayonga jami 10 ta ekipaj jalb etilgan.
Yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va 04:46 da bartaraf etilgan.
Tan jarohati olganlar to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmadi, deyiladi vazirlik xabarida.