Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ayollarga tazyiq va zo‘ravonlik holatlari 121 foizga oshgani ma’lum bo‘ldi
Senat muammo yuzasidan tushuntirish so‘rab, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisiga so‘rov yubordi.
2025 yil birinchi yarmida mamlakatda ayollarga nisbatan 48303 ta tazyiq va zo‘ravonlik holati qayd etilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 121 foizga ko‘pdir. Masala yuzasidan Senatning Yoshlar, xotin-qizlar,madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi a’zosi M.Kadirxanova Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova nomiga senator so‘rovi yubordi.
Qayd qilinishicha, so‘rov xotin-qizlarning huquqlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlik holatlarini bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan yuborilgan. Senator ta’kidlaganidek, qabul qilingan qonunlar va choralariga qaramay, so‘nggi yillarda ayollarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari oshib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, tazyiq va zo‘ravonlik bilan bog‘liq eng ko‘p holat Toshkent viloyatida (9414 ta), Buxoro (5612 ta), Qashqadaryo (5268 ta) va Andijon viloyatlarida (4808 ta) qayd etilgan. Shu davrda 930 nafar ayolga himoya orderi takroran berilgan.
Senator so‘rovida qo‘mita va uning hududiy bo‘linmalari tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikka olib keluvchi sabablarni aniqlash, profilaktik ishlarni kuchaytirish, vakolatli organlar bilan hamkorlikni rivojlantirish va mahallalarda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan asoslantirilgan tushuntirishlar taqdim etish so‘ralgan.
Mavzuga oid
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026