UBS universiteti: Özbekistonda xalqaro ta’limni rivojlantirişda yangi bosqiç
|14:00 / 13.08.20258 48713 min
Reklama
"University of Business and Science" (UBS) - Özbekistondagi zamonaviy ta’lim muassasasi bölib, xalqaro hamkorlik, ilğor infratuzilma va talabalarga taqdim etilgan keng imkoniyatlari orqali ta’lim sohasida yetakçi örin egallab kelmoqda.
Foto: University of Business and ScienceFoto: University of Business and Science
Ana şu yönalişdagi muvaffaqiyatlari tufayli UBS "Brand Awards International 2024" mukofotiga loyiq deb topildi. Uşbu e’tirof universitetning brend strategiyasi, raqamli transformatsiya va innovatsion xizmatlar borasidagi yutuqlarini xalqaro miqyosda tasdiqladi.
UBS — global yondaşuvga ega, zamonaviy bilimlarni şakllantiruvçi oliy ta’lim muassasasi bölib, Özbekistonni xalqaro ta’lim maydonida munosib tarzda namoyon etmoqda.
Zamonaviy kampuslar va yotoqxona şaroitlari
UBS beşta zamonaviy kampusga ega bölib, ularning törttasi Namangan viloyatida, biri esa Toşkent şahrida joylaşgan. Talabalar uçun qulay va zamonaviy yotoqxonalarning mavjudligi, öquv jarayonini yanada samarali ötişiga yordam beradi.
Hozirda UBSʼda 49 ta bakalavriat, 14 ta magistratura va 5 ta doktorantura yönalişlarida 25 mingdan ortiq talabalar ta’lim olmoqda. Şuningdek, ilmiy-tadqiqotlar bilan şuğullanuvçi 30 nafar doktorant ham universitetda öz izlanişlarini olib bormoqda. E’tiborlisi şuki, 2024-2025 yillar mobaynida 200 dan ortiq magistrantlar UBSʼni bitirib, davlat namunasidagi diplomni qölga kiritdi hamda iş bilan ta’minlandi.
Talabalar uçun qanday grant va stipendiyalar mavjud?
Yönalişlar böyiça iqtidorli yoşlarni aniqlaş, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantiriş va qöllab-quvvatlaş maqsadida, öquv yili davomida yuqori baholarga ega bölgan talabalar uçun bir semestrlik grantlar ajratiladi.
Har bir semestr yakunida imtihon natijalariga köra eng yaxşi 300 nafardan ortiq talaba bepul öqiş huquqiga ega böladi. Bugungi kunga qadar 1 000 dan ortiq talaba uşbu imtiyozdan foydalangan.
Şuningdek, abituriyentlar UBSʼning içki imtihon markazlarida oflayn imtihon topşirib, muvaffaqiyatli ötgaç, 1 mln, 2 mln va 3 mln sömlik vauçerlar bilan taqdirlanadi.
Mavzuga oid
Bundan taşqari, IELTS, CEFR yoki Milliy sertifikatga ega bölgan talabalarga kontrakt tölaş uçun çegirmalar taqdim etiladi. Bilim va salohiyati yuqori yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida esa 9 oy davomida tölanadigan stipendiyalar joriy qilingan. UBS ijtimoiy adolat tamoyillariga asoslanib, kam ta’minlangan oila farzandlari hamda ayol-qizlar uçun alohida imtiyozlarni taqdim etadi. Bu taşabbus jamiyatning barça qatlamlaridan bölgan iqtidorli yoşlarga teng imkoniyat yaratişga qaratilgan.
Talabalar örtasidagi birdamlikni mustahkamlaş maqsadida "Friyends" va "Family" dasturlari ham joriy etilgan:
— “Friyends” dasturi asosida sinfdoşingiz bilan birga öqisangiz, kontrakt töloviga 10% çegirma taqdim etiladi.
— “Family” dasturi orqali aka-uka, opa-singil yoki turmuş örtoğingiz bilan ta’lim olsangiz ham 10% çegirma beriladi.
Xalqaro hamkorliklar va ta’lim dasturlari: kelajakdagi imkoniyatlar
UBS universiteti dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda öquv dasturlari va ilmiy-tadqiqot loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oşirib kelmoqda. Xususan, Janubiy Koreyaning Sejong, Dongşin hamda Kyungdong universitetlari bilan 2+2 qöşma ta’lim dasturlari böyiça hamkorlik kelişuvlari imzolangan. Bu taşabbuslar asosida talabalar global darajadagi bilim va tajriba orttiriş imkoniyatiga ega bölmoqda.
Uşbu universitetlar bilan tuzilgan kelişuv doirasida UBS talabalari global biznes, IT, turizm, elektrotexnika, arxitektura va quriliş muhandisligi yönalişlari böyiça turli almaşinuv dasturlari hamda amaliyot ötaş imkoniyatiga ega böladi.
Kelişuv faqat talabalargagina emas, balki professor-öqituvçilarga ham qisqa muddatli amaliyotlar va malaka oşiriş imkoniyatlarini bermoqda. Bunga misol tariqasida Turkiyaning Karabuk universiteti hamda Malta davlati universitetida amalga oşirilgan amaliyot dasturlarini keltiriş mumkin. Uşbu darslar orqali UBS ustozlari zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ilğor pedagogik yondaşuvlar va öquv jarayonlarini samarali boşqariş böyiça qimmatli tajribalarga ega böldi.
UBS vakillari global akademik hamkorlikni yanada mustahkamlaş yölida dunyoning eng nufuzli oliygohlari bilan aloqalarni kengaytirmoqda. Jumladan, “Harvard University”, “Massaçusets Institute of Technology” (MIT) hamda AQŞning TOP-5 muhandislik universitetlari qatoriga kiruvçi “Illinois Institute of Technology” bilan talaba va öqituvçilar uçun qöşma dastur va amaliyotlarni taşkil etiş böyiça hamkorlik olib borilmoqda. UBSʼda MIT ta’lim andazasi asosida öquv dasturlarini joriy etiş rejalaştirilgan bölib, bu orqali jahon miqyosida raqobatbardoş mutaxassislarni tayyorlaşga zamin yaratilmoqda.
Şuningdek, dunyo reytingida (THE) TOP-350 talikka kiradigan Yaponiyaning Tsukuba universiteti bilan ikki tomonlama almaşinuv dasturlari, qöşma ta’lim kurslari, ilmiy seminarlar hamda sun’iy intellekt va innovatsion yeçimlarni ta’limga integratsiya qiliş böyiça hamkorlik yölga qöyilgan.
Talabalarning bilim olişi, ösişi va özini erkin ifoda etişi uçun qulay muhit yaratiş har bir zamonaviy universitetning ustuvor vazifalaridan biri sanaladi. UBS universiteti mazkur tamoyilga amal qilgan holda, yoşlarning nafaqat akademik, balki ijodiy salohiyatini yuzaga çiqarişga qaratilgan bir qator taşabbuslarni amalga oşirib kelmoqda.
Şunday loyihalardan biri — “UBS xabarnomasi” axborot gazetasi bölib, u har oy muntazam tarzda çop etiladi. Mazkur gazeta talabalarning mustaqil fikrlaş, ijodiy izlaniş olib boriş va öz qobiliyatlarini namoyon etişlari uçun oçiq sahnani taqdim etadi. Unda talabalar şe’r, hikoya, esse, fotoreportaj, tadqiqotlar va şaxsiy kuzatişlarini e’lon qilib, öz ijod mahsulini keng auditoriyaga yetkaziş imkoniga ega bölmoqda. “UBS xabarnomasi” nafaqat axborot manbasi, balki talabaning şaxsiy va kasbiy rivojlanişiga xizmat qiluvçi platforma vazifasini bajarmoqda. Bu taşabbus orqali universitet ijodga qiziquvçi talabalarni rağbatlantirib, ularning öz fikrini ommaviy tarzda ifodalaş madaniyatini şakllantirmoqda.
Bundan taşqari, UBS universiteti tomonidan “Zakovat” nodavlat-notijorat taşkiloti bilan hamkorlikda taşkil etilgan “UBS Zakovat Olimpiadasi” intellektual musobaqasi ham yoşlar örtasida katta qiziqiş uyğotgan. Mazkur olimpiada doirasida minglab bilimdon öquvçilar öz intellektual salohiyati, tezkor tafakkur darajasi, mantiqiy fikrlaş qobiliyati va jamoaviy işlaş könikmalarini sinovdan ötkazadi. Ta’kidlaş joizki, musobaqada faqat öquvçilar emas, balki universitetning öqituvçilari, xodimlari ham iştirok etiş imkoniyatiga ega böladi — ular uçun alohida guruhlar va bosqiçlar taşkil etiladi.
Bu musobaqa UBSʼda fikrlovçi, tadqiqotga qiziquvçi va ijodkor avlodni şakllantirişda muhim örin egallab kelmoqda.
Diplomdan işgaça — UBS siz bilan!
University of Business and Science (UBS) öz bitiruvçilarining mehnat bozorida raqobatbardoş bölişini ta’minlaş maqsadida Karera markazini taşkil etdi. Uşbu markaz talabalar va bitiruvçilarga işga joylaşiş, amaliyot ötaş hamda malaka oşiriş böyiça zarur kömak va imkoniyatlar taqdim etadi.
Mazkur taşabbus doirasida Toşkent şahri hamda vodiy böylab UBS Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda “Karera kuni” mehnat yarmarkasi taşkil etildi.
Natijada talabalarning 90–95 foizi amaliyotga qabul qilinib, iş bilan ta’minlandi. Bu esa yoşlar bilan iş beruvçilar örtasida samarali muloqot maydonini yaratiş borasidagi sa’y-harakatlar samarasidir.
Fan va ilm: Xalqaro konferensiyalar va olimpiadalar
Sönggi yillarda UBS universiteti ilm-fan va xalqaro hamkorlik yönalişiga jiddiy e’tibor qaratib, akademik hamjamiyatda öz örnini mustahkamlab bormoqda. 2024-2025 öquv yili davomida universitet tomonidan 10 dan ortiq xalqaro va mahalliy ilmiy konferensiyalar muvaffaqiyatli tarzda taşkil etildi. Şuningdek, professor-öqituvçilar 20 dan ziyod nufuzli xalqaro va respublika miqyosidagi anjumanlarda faol iştirok etdi. Yaqinda universitetning Kuzatuv kengaşi raisi, texnika fanlari doktori, professor Elyorjon Jumayev boşçiligidagi jamoa AQŞning Las-Vegas şahrida bölib ötgan “TMS Annual Meyeting 2025” xalqaro konferensiyasida iştirok etib, taqdim etilgan ilmiy iş eng yuqori baholarga sazovor böldi.
Bundan taşqari, universitet olimlari tomonidan çop etilgan ilmiy maqolalar Q1-Q2 reytingli, ya’ni dunyoning eng nufuzli ilmiy jurnallarida e’lon qilindi.
Q1 (1-toifa) jurnallar – bu faqatgina ilmiy dolzarbligi yuqori, metodologik jihatdan puxta yondaşilgan va tadqiqot sifati mukammal bölgan maqolalarni qamrab oladigan eng yuqori reytingli jurnallar toifasidir.
Universitetimiz olimlarining ilk ilmiy maqolasi “Appliyed Mathematics and Mechanics (English Edition)” jurnalida çop etildi. Uşbu jurnal öz sohasi böyiça dunyo miqyosida TOP-10 likka kiradi va yuqori reytingga ega. Bu yutuq universitetimiz ilmiy salohiyatining yorqin ifodasi bölib, ustozlarimizning mehnati va fidoyiligi samarasi hisoblanadi.
Ayni paytda UBS olimlari tomonidan bir neça nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar e’lon qilinmoqda. Bu muvaffaqiyat nafaqat universitetimiz, balki mamlakatimiz ilmiy salohiyati va obrösini yuksaltirişda muhim rol öynaydi.
Ta’lim sifati va akademik rivojlanişni qöllab-quvvatlaş maqsadida universitet pedagoglari tomonidan tayyorlangan 50 dan ortiq darslik va öquv adabiyoti Özbekiston Respublikasi prezidentining farmoni hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruği asosida naşr etişga ruxsat oldi. Bu adabiyotlar zamonaviy öquv standartlariga mos bölib, öquv jarayonini samarali taşkil etiş va fanlarni çuqur özlaştiriş imkonini beradi. Uşbu tasdiq pedagogik jamoaning bilimga bağişlangan fidokorona mehnati e’tirofidir.
“University of Business and Science” tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Fan olimpiadalari markazi hamkorligida har yili an’anaviy tarzda ötkazilayotgan “UBS fan olimpiadasi” yoş avlodning intellektual salohiyatini rivojlantiriş hamda ilmga bölgan qiziqişini oşirişga xizmat qilmoqda.
Yildan yilga olimpiadaning miqyosi kengayib, sovrin jamğarmasi va iştirokçilar soni ortib bormoqda. 2023 yilda Namangan viloyatida 15 mingga yaqin öquvçi iştirok etgan bölsa, 2024 yilda vodiy böyiça 30 mingga yaqin öquvçini qamrab oldi.
Joriy yilgi UBS Fan olimpiadasi respublika miqyosida ötkazildi va ikki bosqiçdan iborat böldi. Birinçi bosqiç onlayn şaklda ötkazilib, unda 120 mingdan ortiq 9-, 10- va 11-sinf öquvçilari ona tili va adabiyot, matematika, tarix, biologiya hamda ingliz tili fanlaridan bilimlarini sinovdan ötkazişdi. Ikkinçi bosqiç esa oflayn şaklda bölib ötdi va eng iqtidorli 11 mingdan ortiq öquvçi final bosqiçda ğoliblik uçun kuraşdi.
Final bosqiçida iştirok etgan barça 11-sinf öquvçilarga UBS tomonidan maxsus sertifikatlar taqdim etildi. Uşbu sertifikatlar eng yaxşi natija körsatgan yoşlarni universitetga imtihonsiz qabul qiliş imtiyozini taqdim etdi.
Olimpiada yakunida iştirokçilarga va ularning ustozlariga umumiy qiymati 10 milliard sömga teng grantlar, imtiyozlar va qimmatbaho sovğalar topşirildi. Bu taşabbus nafaqat yoşlar uçun qöşimça motivatsiya, balki ta’lim muassasasi tomonidan bilimli avlodni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan amaliy qadamdir.
Bilim – investitsiya, UBS esa manzil
UBS universiteti özining xalqaro hamkorliklari, ilğor öquv dasturlari va ta’limda yaratilgan keng imkoniyatlar bilan Özbekiston ta’lim tizimini yangilaşga ulkan hissa qöşmoqda. Universitetning yuqori sifatli ta’limi, ilmiy-tadqiqot salohiyati va bitiruvçilarni qöllab-quvvatlaş xizmati, UBSʼni Özbekistondagi eng nufuzli ta’lim muassasalaridan biriga aylantirmoqda.