AQŞ prezidenti Donald Tramp va Rossiya yetakçisi Vladimir Putin örtasidagi tarixiy deya baholanayotgan uçraşuv 15 avgust kuni Alyaska ştatida bölib ötişi rejalaştirilyapti. Tramp “juda maşhur joy” deya ta’riflagan uşbu hudud uzoq yillar davomida Rossiya imperiyasining tarkibida bölgan. Nega oltin va neft kabi foydali qazilmalarning juda katta zaxiralariga ega ulkan yerlar amerikalaiklarga berib yuborilgandi?

Alyaskaning kaşf etilişi

Alyaska 1732 yilda Mixail Gvozdev va Ivan Fyodorovlar boşliq rus ekspeditsiyasi tomonidan kaşf etilgan va Rossiya imperiyasi mulki deb e’lon qilinadi. Vaqt ötgan sari ruslar qit’a içkarisiga kirib borişni boşlaşadi va 1,5 mln kvadrat kilometrdan ortiq hududni öz nazoratlariga olişga muvaffaq böladi. Uzoq yillar bu ölkaning imperiya uçun biror-bir nafi tegmagan, strategik jihatdan muhim hudud sifatida ham qaralmaydi.

1799 yilga kelibgina Rossiya-Amerika kompaniyasi (RAK) taşkil etiladi va Alyaska şu tuzilma yordamida boşqarilgan. RAK öz işlarini mustaqil taşkil etsa ham töğridan töğri Rossiya hukumatiga böysunardi. 

Sekinlik bilan bölsa-da yangi hududlarni özlaştiriş, qal’alar, aholi punktlari va omborxonalar quriş boşlanadi. XIX asrning boşlariga kelib alyaskaliklar möyna savdosidan yaxşigina daromad köra boşlaydi. Asr örtasiga kelib aholi soni 40 ming kişiga yaqinlaşib qoladi.

Alyaska nega sotilgan?

Alyaskani sotiş masalasini ilk bor 1853 yilda Şarqiy Sibir general gubernatori Nikolay Muravyov-Amurskiy kun tartibiga olib çiqadi. U tomonidan imperator Nikolay I’ga yuborilgan maktubda Rossiya Amerikadagi mulklaridan voz keçişi kerakligi, rus imperiyasi bu hududlarni kuçayib borayotgan AQŞ tajovuzidan himoya qiliş uçun harbiy va iqtisodiy salohiyatga ega emasligi qayd etiladi.

Bundan taşqari, 1853 yilda Yaqin Şarqda hukmronlik qiliş uçun Rossiya va Turkiya örtasida Qrim uruşi boşlanadi. Natijada davlat budjetida katta tanqislik yuzaga kelib, moliyaviy muammolar boşlanadi. Imperiyaning öz hududlarini himoya qila oliş masalasi ham bahsli omil hisoblana boşlaydi.

Bu davrda Britaniya şiddat bilan öz ta’sir doirasini kengaytirişda davom etayotgandi va Alyaskada ikki davlat örtasida töqnaşuv yuz berişi ehtimoli oşib ketadi. Bunday şaroitda ruslar Alyaskani Britaniyaning asosiy duşmani bölgan AQŞga sotişni reja qiladi va şu orqali Qöşma Ştatlar bilan yaxşi aloqalar örnatişga umid boğlaydi.