Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi
Xorvatiyada tanishlari borligini aytib, odamlarni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga pul olgan shaxslar qo‘lga tushdi.
DXX Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Xorvatiyaga ishga yuborishni va’da qilgan firibgarlar qo‘lga olindi.
Qayd qilinishicha, Buxoro shahrida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan va muqaddam firibgarlik jinoyatini sodir qilgan shaxs Toshkent shahri, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlarida istiqomat qiluvchi 3 nafar fuqaroga o‘zini go‘yoki sayyohlik firma vakili sifatida tanishtirib, ularning ishonchiga kirgan. So‘ngra Xorvatiyada tanishlari borligini aytib, ularni ishchi viza asosida ushbu mamlakatga ishga yuborish evaziga 6000 AQSh dollari talab qiladi. Toshkentning Yakkasaroy tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘idan 3000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.
Bu kabi firibgarlik holati Namangan viloyatida ham qayd etilgan. Jumladan, Namangan shahrida yashovchi, 1999 yilda tug‘ilgan shaxs aldov yo‘li bilan 3 nafar hamshaharining ishonchiga kirgan. U hozir Xorvatiyada ishlovchi akasining ko‘magida ularni ham yuborish evaziga har biridan 2600 AQSh dollari, jami 7800 AQSh dollari talab qilgan. Ushbu pul mablag‘idan 3900 AQSh dollarini olgan vaqtida DXX va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Hozir ikkala holatda ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026