Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida «Afrosiyob» tezyurar poyezdiga nisbatan qöporuvçilik harakati sodir etgan temiryölçilar uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deb xabar berdi Davlat xavfsizlik xizmati.

DXX xabariga köra, Navoiy şahrida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan fuqaro «Temiryölinfratuzilma» Buxoro mintaqaviy temiryöl uzeli «Ziyovuddin temir yöl masofasi» korxonasida temiryöl tösiqlari böyiça brigadir lavozimida faoliyat yuritib kelgan. 2023 yilning dekabr oyida korxonada brigadir ştat birligi tugatilgaç, u yöl sozlovçisi va temiryöl tösiqlari qöriqçisi vazifasiga işga ötkazilgan.

Lekin sobiq brigadir bundan norozi bölgan va rahbariyatga e’tiroz sifatida Karmana tumanida yaşovçi 1992 y.t. hamkasbi bilan jinoiy reja tuzgan.

2025 yilning 14 yanvar kuni keçki vaqt ular Samarqand viloyatining Paxtaçi tumanida «Ziyovuddin-Navoiy» temiryöl bekatlari oraliğining 3872-km hududiga borgan. Oğirligi 110 kg bölgan temir-beton şpalni «Afrosiyob» elektropoyezdi harakatlanuvçi rels ustiga köndalang holatda qöyib, voqea joyidan yaşiringan.

Oradan 15–20 daqiqa ötib, «Toşkent-Buxoro» yönalişida 159 km/s tezlikda harakatlanayotgan, jami 148 nafar yölovçisi bölgan «Afrosiyob» tezyurar poyezdi temir-beton şpal bilan töqnaşgan. Oqibatda poyezdning harakatlantiruvçi qismlariga jiddiy şikast yetgan.

DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida mazkur şaxslar uşlanib, ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 161-moddasi (Qöporuvçilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan.

️Jinoyat işlari böyiça Navbahor tuman sudida qonunbuzarlar qöporuvçilik harakatini sodir etganlikda aybdor deb topilib, ularning biriga 13 yil, ikkinçisiga esa 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.

Şuningdek, qöporuvçilik harakati natijasida jinoyatçilar tomonidan «Afrosiyob» poyezdiga 260 mln söm miqdorida zarar yetkazilgani bois, uşbu pul mablaği davlat hisobiga undirib olindi.