“Global brendlar talabi uçun yuqori navli paxta kerak” – investitsiyalar vazirligi mas’uli AQŞdan paxta import qilinişiga izoh berdi
|02:07 / 15.08.20258 19815 min
Özbekiston hukumati Amerikadan paxta import qilişni rejalaştirmoqda. Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mas’uli Inomjon Abdurahmonovning tuşuntirişiça, Amerika paxtasidan foydalaniş orqali mahsulotga “Made with U.S. Cotton” yorliği beriladi, bu özbek fabrikalariga Levi’s, Ralph Lauren, PVH, Puma, Gap, Tesco kabi brendlar bilan şartnoma qiliş imkonini beradi.
Foto: BloombergFoto: Bloomberg
Sönggi haftalarda Özbekiston özining yirik işlab çiqariş hajmlariga qaramay, AQŞdan paxta xarid qilişi mumkinligi haqidagi xabar faol muhokama qilinmoqda – Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Taşqi savdo departamenti direktori Inomjon Abdurahmonov muhokamalar fonida nega Özbekistonga Amerika paxtasi kerakligiga izoh berdi.
“Mamlakat an’anaviy paxta eksportçisi bölib kelgan. Lekin bu yerda gap Özbekiston töqimaçilik mahsulotlarining jahonning premium bozorlaridagi mavqeini mustahkamlaşga qaratilgan strategik qadam haqida ketmoqda”, - deb yozdi u Facebook’dagi sahifasida. Vazirlik rasmiysi Amerikadan paxta import qiliş uçun bir neçta sabablar keltirdi:
“Global brendlar talablariga mos keliş uçun faqat içki imkoniyatlar yetarli emas”
Bugungi kunda Özbekistonda yetiştirilgan paxta hosilining barçasi mahalliy korxonalarda qayta işlanib, paxta tolasi içki qayta işlaş darajasi 100 foizga yetgan. Özbekiston töqimaçilik fabrikalarining mahsulotlari hozirda 75 dan ortiq mamlakatga eksport qilinmoqda. Barça imkoniyatlar xomaşyoni yetiştirişdan tortib tayyor kiyim-keçak işlab çiqarişgaça bölgan töliq siklni rivojlantirişga qaratilgan. Şu bilan birga, bunday yutuqlar yangi vazifalarni ham yuzaga çiqardi. Endilikda Özbekiston töqimaçilik sanoati AQŞ va Yevropa Ittifoqining premium bozorlarida öz örnini mustahkamlaşi lozim. Bu bozorlarda yuqori sifat standartlari, xomaşyoning kelib çiqişini kuzatiş imkoniyati (traceability) va işlab çiqarişning ekologik barqarorligi muhim ahamiyatga ega. Bunday global brendlar talablariga mos keliş uçun faqat içki imkoniyatlar yetarli bölmasligi mumkin. Şu sababli maxsus navli paxtani import qiliş zarurati yuzaga kelgan. U faqat aniq buyurtmalarni bajariş uçun kerak böladigan joylarda uni töldiradi. Özbekiston har yili 1–1,15 million tonna paxta tolasi işlab çiqaradi va bu hajmning barçasi allaqaçon mahalliy fabrikalarda qayta işlanadi. Boşqaça aytganda, mahalliy paxta töliq içki ehtiyoj uçun işlatilmoqda.
“Taşqi bozordan paxta xaridi mahalliy fermerlarga raqobat tuğdirmaydi”
Sönggi yillarda mamlakatda köplab yangi töqimaçilik korxonalari işga tuşirildi va ularning umumiy quvvati tez sur’atlarda oşmoqda. Natijada fabrikalarning örtaça quvvatdan foydalaniş darajasi hozirça 75 foiz atrofida. Bu esa tarmoqda foydalanilmagan quvvatlar mavjudligini anglatadi va ularni aynan qöşimça xomaşyo hisobiga işga solişi mumkin. Import qilinadigan paxta faqat yuqori sifat va sertifikatlaşning xalqaro standartlari talab qilinadigan işlab çiqariş liniyalari va şartnomalarga yönaltiriladi. Şunday qilib, taşqi bozordan paxta xaridi mahalliy fermerlarga raqobat tuğdirmaydi (ularning mahsuloti allaqaçon töliq iste’mol qilinmoqda), balki sifatning yangi bosqiçiga çiqiş uçun maqsadli vosita bölib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
“Amerika paxtasi mahsulotni “Made with U.S. Cotton” yorliği bilan belgilaşga imkon beradi”
Jahon bozorining premium segmentlariga çiqiş strategiyasi doirasida Özbekistonda amalga oşirilayotgan «Made with U.S. Cotton” taşabbusi xalqaro sifat talablari, kelib çiqişini kuzatiş (traceability) va ekologik barqarorlik standartlariga mos mahsulot işlab çiqarişga qaratilgan.
AQŞdan keladigan paxta tolasi barqaror yuqori sifati bilan maşhur bölib, U.S. Cotton Trust Protocol – yetkazib beriş zanjirini standartlaştiriş va kuzatişning zamonaviy tizimiga mos keladi. Sertifikatlangan Amerika xomaşyosidan foydalaniş yakuniy mahsulotni “Made with U.S. Cotton” degan nufuzli yorliq bilan belgilaş huquqini beradi. Bir qator yirik brendlar uçun bu şunçaki marketing emas, balki hamkorlikning majburiy şartidir. Masalan, Levi’s, Ralph Lauren, PVH, Puma, Gap, Tesco kabi kompaniyalar kolleksiyalarning bir qismi uşbu dasturga kiruvçi paxtadan tayyorlanişini talab qiladi. Şunday qilib, Amerika paxtasini xarid qiliş özbek fabrikalariga ilgari imkoni bölmagan global brendlar bilan şartnomalar tuziş yölini oçadi.
“Strict Middling paxta navi – brendlar talabi”
Sotib olinadigan xomaşyo dunyoga maşhur Strict Middling paxta navi hisoblanadi. Bu öziga xos xususiyatlarga ega yuqori navli paxta navidir. Tolasi uzun va qalin, bir xil oçiq va toza ranglarda. Aynan şunday paxta köplab brendlarning premium kiyimlari uçun talab qilinadi. Uni har qanday xomaşyodan olib bölmaydi – u ma’lum şaroitlarda yetiştirilgan va qayta işlangan bölişi kerak. Jahon bozorida bu navning işonçli yetkazib beruvçilari sifatida AQŞ, qisman Avstraliya va Braziliya tan olingan. Özbekiston uçun esa AQŞdan Strict Middling partiyasini import qiliş milliy töqimaçilik sanoati nufuzini oşiriş va premium segmentga çiqiş yölidagi bevosita qadam hisoblanadi.
“Import qulay şartlarda amalga oşiriladi”
Amerika paxtasini xarid qiliş AQŞ qişloq xöjaligi vazirligining GSM-102 dasturi doirasida rejalaştirilmoqda. Bu kredit kafolatlari mexanizmi bölib, unga köra özbek korxonalari xomaşyoni 12-18 oygaça tölovni keçiktiriş şarti bilan olişi mumkin. Amalda Amerika tomoni bitim summasining 98 foizigaça bölgan qismini suğurtalaydi va işlab çiqaruvçilarga paxtadan foydalaniş, keyin esa kelajakdagi eksport tuşumidan qiymatini tölaş imkonini beradi. Bunday sxema rivojlanayotgan bozorlar uçun foydali va moslaşuvçan bölib, köplab mamlakatlar tomonidan qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilişda keng qöllanadi. Özbekiston uçun GSM-102ʼda iştirok etiş kompaniyalar aylanma mablağlariga darhol yuklama tuşirmasdan yuqori sifatli xomaşyoga imtiyozli moliyaviy şaroitlardan foydalanişni anglatadi. Strict Middling navini hozirça özimizda yetiştiriş imkoni yöq.
“Özbekistonda Strict Middling navini yetiştiriş imkoni yöq”
Yaqin yillarda Özbekistonda Strict Middling darajasida paxta işlab çiqarişga erişiş bir qator obektiv sabablar tufayli qiyin. Çunki butun tarmoq ehtiyojini faqat mahalliy xomaşyo hisobidan qoplaş uçun paxta ekiladigan maydonlarni keskin kengaytiriş va hosildorlikni sezilarli oşiriş zarur böladi. Bunday agrotexnologik özgarişlar tez amalga oşirilmaydi – mutaxassislar bahosiga köra, bunga kamida 5 yil davomli tinimsiz mehnat kerak böladi. Eng asosiysi, Strict Middling navi faqat muayyan tabiiy-iqlim şaroitlarida va tolani qayta işlaş texnologiyalarida hosil böladi. Paxtaning sifati – uning uzunligi, mustahkamligi, bir xilligi va rangi – bevosita iqlimga, quyoş nuri miqdoriga va hosil pişiş hamda yiğim-terim davridagi namlik darajasiga boğliq. Özbekiston örtaça navli paxta yetiştiriş uçun qulay iqlimga ega, ammo eng yuqori nav uçun zarur bölgan şaroitlarni tabiatan ta’minlaş qiyin.
Şu sababli, yaqin istiqbolda yuqori navli paxtani import qiliş, xuddi şunday navni özimizda yetiştirişga urinişi bilan soliştirganda, ança real va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq yeçim hisoblanadi. Bu, albatta, mahalliy paxta navlarini yaxşilaş va seleksiya böyiça uzoq muddatli dasturlarni bekor qilmaydi, ammo hozirgi bozordagi imkoniyatlarni boy bermaslikka yordam beradi.
“Mahalliy paxta asosidagi bazaviy işlab çiqariş saqlanib qoladi”
Özbek töqimaçilik korxonalari uçun import paxtadan foydalaniş nafaqat sotuv hajmlarini, balki işlab çiqariş jarayonini ham yangi bosqiçga olib çiqadi. Yuqorida aytilgan keçiktirilgan tölov sxemasi (12-18 oy) doirasida xomaşyo xarid qiliş fabrikalarga öz mablağlarini çalğitmasdan quvvatlarni işga soliş imkonini beradi. Oddiy qilib aytganda, zavod sifatli tolani oladi, darhol undan mahsulot işlab çiqadi, eksport qiladi va faqat şundan söng tuşgan tuşumdan paxta uçun tölov qiladi. Bu işlab çiqarişni moliyalaştiriş uçun juda qulay: eksport şartnomalaridan keladigan mablağlar aylanmasi hisobiga ketma-ket 2-3 işlab çiqariş siklini bajariş imkoniyati paydo böladi.
Albatta, elita Amerika paxtasi oddiy xomaşyoga qaraganda qimmatroq – uning narxi mahalliy paxtaga nisbatan qariyb 15-20 foiz yuqori. Ammo muhim jihati şundaki, uni barça buyurtmalar uçun emas, faqat eng foydali, yuqori marjaga ega kontraktlar uçun sotib olinadi. Bunday hollarda xomaşyo uçun qöşimça xarajatlar tayyor mahsulotning yuqori narxi bilan özini töliq oqlaydi. Aslida import özbek fabrikalariga ilgari ötkazib yuborilgan global brendlar buyurtmalarini oliş imkonini beradi. Şu bilan birga, mahalliy paxta asosidagi bazaviy işlab çiqariş saqlanib qoladi – u ommaviy segment mahsulotlarining asosiy hajmini ta’minlaydi.
“Uzoq muddatli tölov esa narx va talab tebranişlarini yumşatadi”
GSM-102 kabi importni moliyalaştiriş sxemalari korxonalarni bozor xavflaridan himoya qiladi. AQŞ hukumati kafolatlari tölovsiz qoliş mumkin bölgan holatlarning katta qismini qoplaydi, uzoq muddatli tölov esa narx va talab tebranişlarini yumşatadi. Natijada özbek işlab çiqaruvçilari iş rejalarini qörqmasdan tuza oladi, şartnomalarni bajariş uçun zarur xomaşyoga ega bölişini biladi va şunga moslaşib, pul oqimlarini boşqaradi. Bularning barçasi paxta importini majburiy çoradan puxta öylangan biznes qaroriga aylantiradi.
Global imij va integratsiya
Özbekiston töqimaçilik sanoatining jahon bozori premium segmentlariga çiqişi faqat alohida fabrikalar darajasida emas, balki mamlakat miqyosida ham foyda keltiradi. Gap Özbekistonning sifatli mahsulot yetkazib beruvçi işonçli hamkor sifatidagi xalqaro imijini mustahkamlaş haqida ketmoqda. Agar “Made with U.S. Cotton” yorliğiga ega özbek mahsulotlari AQŞ va Yevropa Ittifoqi dökonlarida paydo bölsa, bu boşqa global çakana savdo tarmoqlari va distribyutorlarning işonçini oşiradi. Allaqaçon GSP+ imtiyozlarini oliş Yevropa Ittifoqi kabi murakkab bozorlar uçun Özbekiston töqimaçilik eksportini oşirişga imkon berdi – qisqa vaqt içida YeIga eksport hajmi taxminan 74 million dollardan 140 million dollarga ösdi. Amerika hamkorlari bilan işlaş esa AQŞ bozoriga çiqişda ham xuddi şunday ijobiy natija berişi mumkin.
Strategik jihatdan bunday qadam mamlakatning global ta’minot zanjirlariga integratsiyalaşişiga yordam beradi. Özbekiston sönggi yillardagi islohotlar, paxta plantatsiyalarida majburiy mehnatdan voz keçilişi va biznes muhitining yaxşilanişi tufayli jahon töqimaçilik sanoati xaritasida tobora sezilarli örin egallamoqda. Yuqori sifatli xomaşyo importi va xalqaro barqarorlik protokollariga rioya qiliş Özbekiston töqimaçilik sektorini zamonaviy, mas’uliyatli biznes yurituvçi öyinçi ekanini tasdiqlovçi yana bir dalil böladi. Bu yangi investorlar va buyurtmalarni jalb etadi: mamlakat asta-sekin global brendlar işlab çiqarişni joylaştirişi va uning samaradorligi hamda standartlarga mosligiga işonç hosil qilişi mumkin bölgan mintaqaviy sourcing hubʼga aylanadi.
Xullas, kiyim-keçak eksportçilari oldingi qatorlarida böliş Özbekistonning eksport obrösi yuksalişiga olib keladi. Bu esa logistika va dizaynga ham ijobiy ta’sir körsatadi. Nike yoki H&M kabi brendlar uçun yetkazib beruvçi böliş – bu “yuqori liga”da öynaş demakdir va bunday darajadagi reklama juda katta ahamiyatga ega. Şu tariqa, Özbekiston iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş böyiça davlat ustuvor yönalişlariga mos ravişda xomaşyoga boğliq bölmagan eksportning uzoq muddatli ösişi uçun poydevor yaratmoqda.
Jahon tajribasi
Öz xomaşyosini import bilan uyğunlaştiriş strategiyasi aslida yangilik emas – uni yetakçi töqimaçilik davlatlari muvaffaqiyatli qöllab kelmoqda. Masalan, Turkiya, Bangladeş, Vetnam, Hindiston, Indoneziya, Kambodja, Meksika va hatto Xitoy har yili AQŞ, Braziliya, Avstraliya va Afrika davlatlaridan katta hajmda paxta import qiladi. Nega ular bunday qiladi? Javob juda oddiy: öz yengil sanoatini global mijozlar talablariga javob beradigan sifatli xomaşyo bilan ta’minlaş uçun.
Masalan, Turkiya katta paxta işlab çiqaruvçisi bölişiga qaramay, yuqori sifatli tolani baribir çetdan sotib oladi. Bu esa turk fabrikalariga Yevropaning moda gigantlari bilan barqaror hamkorlik qiliş imkonini beradi. Bangladeş esa deyarli paxta yetiştirmaydi, ammo butunlay import xomaşyoga tayanib, dunyoda kiyim-keçak eksporti böyiça ikkinçi örinda turadi. Vetnam import paxtasi tufayli AQŞ bozoriga eng yirik beş töqimaçilik yetkazib beruvçidan biriga aylandi, Turkiya esa Yevropa Ittifoqining tikuv mahsulotlari böyiça asosiy hamkorlaridan biri sifatida öz örnini mustahkamlab oldi. Bu misollar şuni körsatadiki, global moda bozorida muvaffaqiyat qozoniş uçun mamlakat butun paxtani özi işlab çiqarişi şart emas. Eng muhimi – yakuniy buyurtmaçiga talab qilingan sifat va yetkazib beriş işonçliligini taqdim eta olişdir, hatto buning uçun xomaşyoning bir qismini taşqi bozordan xarid qilişga töğri kelsa ham.
Bundan taşqari, muayyan navli paxtani import qiliş orqali uşbu davlatlar öz mahsulotlarini qöşimça qiymat beradigan maxsus yorliqlar bilan belgilaş imkoniyatiga ega böladi.
Ma’lumot uçun, Özbekiston rasmiylari joriy yil avgust oyi boşida AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi va AQŞ Paxta assotsiatsiyasi bilan uçraşuvda GSM-102 dasturi doirasida Özbekistonga AQŞ paxtasini yetkazib beriş, kredit limitini oşiriş va “Made from U.S. Cotton” taşabbusini işga tuşiriş masalalarini muhokama qilgandi.
GSM-102 dasturi importyor davlatlarga AQŞ qişloq xöjaligi mahsulotlarini AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi tomonidan kafolatlangan kredit asosida sotib oliş imkonini beradi.
May oyida Özsanoatqurilişbank bergan xabarga köra, AQŞ Qişloq xöjaligi vazirligi bu dasturning Özbekistondagi ilk iştirokçisi sifatida SQBni tanlagan. Ikki tomon savdoni moliyalaştirişga qaratilgan kredit liniyalariga kafolatlar taqdim etiş böyiça hamkorlik örnatgan.