Jahon | 13:27 / 15.08.2025
20508
2 daqiqa o‘qiladi

Oq uy Tramp va Putin muzokaralarining boshlanish vaqtini e’lon qildi

Tramp va Putin sammitining markaziy mavzusi Ukrainadagi urushni hal qilish bo‘ladi, ammo boshqa mavzular ham muhokama qilinadi.

Foto: REUTERS

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Alyaska shtatidagi Ankorij shahrida bo‘lib o‘tadigan uchrashuvi 15 avgust kuni soat 11:00 da (Toshkent vaqti bilan 16 avgust, soat 0:00) boshlanadi.

Prezident jadvaliga ko‘ra, Tramp AQSh poytaxtini Vashington vaqti bilan soat 6:45 da tark etadi. Muzokaralardan so‘ng, Tramp Alyaskadan mahalliy vaqt bilan soat 17:45 da jo‘nab ketishni rejalashtirmoqda.

Muzokaralar yakunida prezidentlar qo‘shma matbuot anjumani o‘tkazadi. Uning boshlanish vaqti hozircha noma’lum.

Tramp va Putin sammitining markaziy mavzusi Ukraina inqirozini hal qilish bo‘ladi, ammo boshqa mavzular ham muhokama qilinadi. Ikki davlat prezidentlari iqtisodiy sohadagi ikki tomonlama hamkorlik va global xavfsizlik masalalarini muhokama qiladi, dedi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov. Uning aniqlik kiritishicha, yetakchilar muzokaralarining davomiyligi munozara qanday kechishiga bog‘liq bo‘ladi.

Uchrashuv AQSh Harbiy-havo kuchlari va quruqlikdagi qo‘shinlarining qo‘shma obekti - Elmendorf-Richardson bazasida bo‘lib o‘tadi. U Alyaskadagi eng yirik shahar va 100 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan Ankorijda joylashgan.

Mavzuga oid