Favqulodda vaziyatlar vazirligi yonilği quyiş, saqlaş va taşiş korxonalarining rahbarlariga murojaat bilan çiqdi.
Vazirlik öz murojaatida uşbu obektlarda texnika va yonğin xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etilişini ta’minlaş, şuningdek, FVV xodimlari tomonidan berilgan yozma körsatmalarni belgilangan tartibda bajarişni söradi.
Ta’kidlanişiça, yonilğilar bilan boğliq baxtsiz hodisalarning oldini oliş maqsadida bu kabi yoniş va portlaş ehtimoli yuqori bölgan obektlarda yonğin xavfsizligini ta’minlaş böyiça alohida tartib örnatilişi, yonğinga qarşi vositalar doimiy soz holatda bölişi hamda bu işlarga mas’ul şaxslar tayinlanişi lozim.
16 iyul kuni Qaşqadaryo viloyatining Kökdala tumanidagi gaz töldiriş stansiyasi hududida yonilği saqlaş rezervuarida çaqnaş va undan söng yonğin sodir bölişi oqibatida 5 kişi vafot etgandi. 5 avgust kuni ham şu tumanda zapravka portladi.
8 avgustda esa Xorazm viloyati Urganç şahrida, 10 avgust kuni Samarqand viloyatining Jomboy tumanida zapravkada yonğin röy bergandi. 13 avgust kuni esa Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanidagi propan zapravkada portlaş va yonğin röy berdi.
















