Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Forish tumani hokimi o‘rinbosari pora bilan ushlandi
Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming dollar talab qilgan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida hokimiyat organi mansabdor xodimining noqonuniy harakatlari fosh etildi.
DXX matbuot xizmati xabar berishicha, Jizzax viloyati Forish tumani hokimi o‘rinbosari o‘zining mansab mavqeyidan foydalanib, joriy yilning iyun oyida qishloq xo‘jaligi sohasiga ixtisoslashgan MChJ tomonidan auksion savdolari orqali yutib olingan 204 gektar sug‘oriladigan yer maydonini tuman hokimligi zaxirasiga qaytarmaslik va kelgusida ushbu yerdan erkin foydalanishida rahnamolik qilish uchun 30 ming AQSh dollari talab qiladi.
Shundan dastlab 20 ming dollarni, qolgan 10 mingini esa hosil yig‘imidan so‘ng berishi kerakligini aytadi.
Hokim o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘idan 20 ming dollarni o‘z xizmat avtomashinasida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi «a» bandi va 211-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llandi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:32 / 03.06.2026
Sho‘rtan GKMni kengaytirish doirasidagi 643 mlrd so‘mlik talon-toroj fosh etildi
16:01 / 02.06.2026
Huquq organlari xodimlari pora olishni rad etgani uchun mukofotlanishi to‘g‘ri emas - Aksilkorrupsiya agentligi
15:25 / 29.05.2026
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi
08:24 / 26.05.2026