Prezident farmoni bilan O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini yuksaltirishda salmoqli natijalarga erishayotgan, tashabbuskorligi, zamonaviy bilim va tajribasini namoyon etib, investitsiyalarni jalb qilish, import o‘rnini bosadigan mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatishni yanada kengaytirish, aholi bandligi va farovonligini ta’minlash yo‘lida jonbozlik ko‘rsatayotgan, shuningdek, o‘zining muhim ilmiy-amaliy ishlanmalari va innovatsion loyihalari bilan biznes sohasi rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh ishbilarmon va tadbirkorlar mukofotlandi.

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan

Abdulloyev Kamol Talatovich - Samarqand shahridagi «Sam Antep Gilam» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Samarqand viloyati

Ismoilov Abdulxoshim Mamasobirovich - Andijon tumanidagi «Ravon taraqqiyot orzusi» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Andijon viloyati

Mamatdjanov Farxod Faxritdinovich - «Uztex» to‘qimachilik korxonalari guruhi direktorlar kengashi raisi

Xashimov Zafar Kamilevich - Toshkent shahridagi «Anglesey Food» mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan ixtirochi va ratsionalizator» faxriy unvoni bilan

Raxmanberdiyev Gappar - Toshkent kimyo-texnologiya institutining sellyuloza va yog‘ochsozlik texnologiyasi kafedrasi professori

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Artikxodjayev Jaxongir Abidovich - Toshkent shahridagi «Akfa Group» kompaniyalar guruhi asoschisi

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdurayimov Boxodir Tursinovich - Chortoq tumanidagi «Chartak Mineral Water» mas’uliyati cheklangan jamiyati ta’sischisi, Namangan viloyati

Bobojonov Dilshod Maxmudovich - Shofirkon tumanidagi «Leichter Kamalak Textilien» qo‘shma korxonasi rahbari, Buxoro viloyati

Muxtorxonov Nuritdin Komolidinovich - Parkent tumanidagi «Meridian Tempo» mas’uliyati cheklangan jamiyati rahbari, Toshkent viloyati

Ruzemuxamedov Nurulla Sunnatullayevich - Olmazor tumanidagi «N’medov» kompaniyalar guruhi ta’sischisi, Toshkent shahri