Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
HAMAS isroillik asirlarning yarmini ozod qilishga rozi bo‘ldi
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS 49 kishini asirlikda ushlab turibdi. Isroil razvedkasi ulardan 27 nafari allaqachon halok bo‘lgan deb hisoblamoqda.
HAMAS vositachi davlatlar – Misr va Qatarning G‘azo sektorida o‘t ochishni ikki oyga to‘xtatish va isroillik asirlarning yarmini ozod qilish taklifiga rozi bo‘ldi. Bu haqda AFP harakat vakillariga tayanib xabar berdi.
Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, HAMAS 49 kishini asirlikda ushlab turibdi. Isroil razvedkasi ulardan 27 nafarini halok bo‘lgan deb hisoblamoqda.
AFP manbasining so‘zlariga ko‘ra, birinchi bosqichda o‘n nafar asirni ozod qilish va bir nechta jasadni topshirish taklif qilinmoqda.
«Qolgan asirlar ikkinchi bosqichda ozod qilinadi va darhol xavfsizlik kafolatlari ostida urushni to‘xtatish uchun kelishuv tuzish bo‘yicha muzokaralar boshlanadi»,— degan agentlik manbasi.
Isroil tomoni bu xabar bo‘yicha hozircha izoh bermagan.
Mavzuga oid
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026
Isroil hukumati Usmoniylar imperiyasida armanlar genotsidi bo‘lganini tan oldi
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:17 / 20.06.2026