AQŞ Xalqaro jinoyat sudining yana tört nafar vakiliga qarşi sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda AQŞ davlat departamenti saytida ma’lum qilindi.

Xabar qilinişiça, sudyalar Kimberli Prost va Nikolya Giyu hamda XJS prokurori örinbosarlari Najat Şamim Xon va Mam Mandiay Niangga nisbatan sanksiyalar kiritilgan.

Davlat departamentining ta’kidlaşiça, ular XJSning AQŞ va Isroilning roziligisiz bu mamlakatlar fuqarolarini ta’qib qiliş, hibsga oliş yoki sudlovga tortiş faoliyatiga aloqador.

Iyun boşlarida AQŞ amerikalik va isroilliklarni qölga olişga uringani uçun XJSning tört nafar sudyasiga qarşi sanksiyalar joriy etgandi.

8 fevralda esa Xalqaro jinoyat sudi prokurori Karim Xon AQŞ sanksiyalariga tuşgan.