So‘nggi bir necha kun davomida Toshkent osmonida pastlab uchayotgan kichik rusumdagi samolyot ko‘zga tashlanmoqda. Kun.uz muxbirining aniqlik kiritishicha, ushbu samolyot Qozog‘istonning Dala Air kompaniyasiga tegishli Diamond DA42 Twin Star samolyot-laboratoriyasi hisoblanadi.

Foto: JetPhotos

U Toshkentning yangi — Sharqiy aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagi navigatsiya tizimini sozlash bilan shug‘ullanmoqda. Xususan, Flightradar 24 ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot kamida 17 avgustdan buyon har kuni osmonda 3-4 soatlik tekshiruv ishlarini olib borgan.

Foto: Flightradar24

«Tashkent SkyNews»ning ma’lum qilishicha, 15 avgust kuni Toshkent-Sharqiy aeroportining yangi yo‘lagiga ushbu turdagi samolyotning birinchi qo‘nishini amalga oshirgan.

Foto: Flightradar24