Angliya: «Tottenhem» – mavsum kashfiyoti

«Manchester Siti» – «Tottenhem» 0:2
Gollar: Jonson 35, Palinya 45+2
«Manchester Siti»: Trafford, Ruben Diash, Stouns, Ayt-Nuri (Ake 23), Lyuis, Reynders, Gonsales (Rodri 75), Sherki (Bernardu Silva 54), Marmush (Doku 54), Bobb (Foden 75), Holand
«Tottenhem»: Vikario, Romero, van de Ven, Spens, Porro, Palinya (Danso 90+1), Bentankur, Sarr, Jonson (Solanke 78), Quddus (Bergvall 86), Risharlison (Odober 78)
Ogohlantirishlar: Gonsales 71 – Jonson 34, Romero 68, Risharlison 71, Porro 81

«Manchester Siti» va «Tottenhem» dastlabki turdagi o‘yinlari bilan katta taassurot qoldirgandi. Ikkinchi tur esa «shaharliklar»da qayta qurish davri hamon muammolar bilan kechayotganini ko‘rsatib qo‘ydi. Tarkib hali optimal holatda emasligi inobatga olingan taqdirda ham (Foden va Rodri klublar mundialidagi jarohatidan endi tuzalmoqda, ular faqat zaxiradan maydonga tushishdi, Gvardiol, Kovachich va Savinio esa hamon lazaretda), jamoa oldinga darajasiga qaytishdan ancha yiroq.

Tomas Frank esa «Tottenhem»da o‘z jamoasini muvaffaqiyat bilan qurmoqda. Daniyalik mutaxassis qisqa vaqt ichida Angelos Postekoglu davridagi anarxiyadan butkul xalos bo‘lgan. «Shporlar»ning yangi ustozi Risharlisonni o‘ynatib yubordi, yangi futbolchilar Joau Palinya va Quddus ham jamoaga yaxshi qo‘shilib ketdi, Spens esa chap qanot laterali rolida o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.

O‘tgan turda «Vulverhempton»ni safarda yirik hisobda (4:0) mag‘lub etgan «Siti» turnir jadvali peshqadami bo‘lib olgandi, ammo o‘zi uchun noqulay hisoblangan «Tottenhem»ga yana yutqazdi (Gvardiola boshqaruvi davrida 10-mag‘lubiyat). 35-daqiqada Risharlison qanotdan Jonsonga uzatma berdi va u yaqin masofadan Trafford darvozasini ishg‘ol etdi.

Biroz o‘tib «Siti» juda og‘ir ahvolga tushib qolishi mumkin edi, 39-daqiqada Trafford jarima maydoni tashqarisiga chiqib, to‘p uchun kurash chog‘ida Quddusning ko‘krak sohasiga tizzasi bilan zarba berdi, yetmaniga to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi. Bu holatda bosh hakam darvozabonni maydonda chetlatishga haqli edi, ammo bunday qarorga kelmadi, VAR ham vaziyatga aralashmadi.

Tanaffus arafasida esa ushbu darvozabon baribir jamoasini noqulay ahvolga solib qo‘ydi. U jarima mayoni ichida Sarr tomonidan pressing qilib turilgan Niko Gonsalesga to‘p uzatdi, mehmonlar to‘pni olib qo‘ydi va Palinyaning kuchli zarbasi rikoshet orqali darvoza to‘riga kelib tushdi.