Jamiyat | 11:40 / 25.08.2025
1684
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish aniqlandi

O‘zbekistonda ikki mingta holatda energiyadan behuda foydalanish holatlari aniqlandi.

Foto: Shutterstock

Bosh prokuratura qayd etishicha, yonilg‘i-energiya resurslaridan behuda foydalanish bilan bog‘liq holatlarni aniqlashga qaratilgan nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda. 

Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida respublikada 1 999 ta, shu jumladan Toshkent viloyatida 124 ta holatda energiya resurslarini behuda sarflash holatlari aniqlanib, aybdor shaxslarga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan. 

Misol uchun, Ohangaron shahrining magistral yo‘lida 0,2 kVt quvvatdagi elektr energiyasidan kunning yorug‘ vaqtida foydalanish holati aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, energiya resurslaridan behuda foydalanish holatlarini oldini olish bo‘yicha respublikada 47 927 ta, shu jumladan Toshkent viloyatida 3 849 ta profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid