Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nogironligi bo‘lganlar uchun ish o‘rinlari zaxirasi shakllantiriladi
Prezidentning «Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.
Hujjat bandlik sohasini takomillashtirishning asosiy yo‘nalish va maqsadlarini belgilaydi:
- xodim va ish beruvchi o‘rtasida samarali, adolatli va o‘zaro manfaatli mehnat munosabatlari tizimini yaratish;
- kasblarga o‘qitish bilan bir qatorda xususiy sektor ishtirokida malaka oshirish tizimini joriy etish;
- ish beruvchilarni ularning ehtiyojiga muvofiq malakali kadrlar bilan ta’minlash tizimini joriy etish;
- inson resurslarini boshqarish va mehnat muhofazasi sohasini rivojlantirish.
2025 yil 1 sentabrdan ish beruvchilar uchun belgilangan quyidagi talablar bekor qilinadi:
- bandlik organlari tomonidan bo‘sh ish o‘rinlariga yuboriladigan shaxslarni ishga qabul qilmaganlik uchun ma’muriy javobgarlik;
- bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risida hisobotlarni majburiy taqdim etish.
2025 yil 1 noyabrdan boshlab xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar faqat quyidagi shaxslar uchun ish o‘rinlarining majburiy zaxirasini shakllantiradi:
- nogironligi bo‘lgan shaxslar;
- oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslar;
- Kambag‘al oilalar reyestridagi oilalar a’zolari;
- muqobil joylashtirish shakllarida tarbiyalangan yetim shaxslar;
- ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan shaxslar.
Bunda majburiy zaxiralash:
- xodimlarning umumiy sonining uch foizidan oshmasligi kerak;
- xodimlar soni 100 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga qo‘llanadi.
Budjet tashkilotlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo‘lgan korxonalar uchun ushbu talab xodimlari soni 20 nafardan ortiq bo‘lgan tashkilotlarga qo‘llanadi va xodimlarning umumiy sonining 7 foizidan oshmasligi kerak. Shuningdek majburiy zaxiraga qo‘shimcha ravishda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslar va odam savdosi qurboni bo‘lgan shaxslar ham kiradi.
Mavzuga oid
22:22 / 30.05.2026
O‘zbekistonliklar kruiz kemalarida ishlashga taklif etilmoqda
08:47 / 11.05.2026
Avstriya o‘zbekistonliklar uchun yangi ish o‘rinlari ochmoqchi
20:57 / 03.04.2026
Qarzini uzolmasdan bankrot bo‘layotgan firmalarga oyoqqa turib olishida yordam beriladi
15:24 / 10.01.2026