Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yandex Uzbekistan taksi sohasida biznes boshlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsion dasturni ishga tushirdi
Yandex Uzbekistan kompaniyasi taksi sohasida o‘z biznesini boshlamoqchi bo‘lganlar uchun motivatsion dasturni e’lon qildi. Ushbu dasturda ishtirok etuvchi hamkorlar har bir xizmatga ulangan avtomobil uchun yiliga 35 million so‘mgacha bonus olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foto: Yandex Uzbekistan
Kompaniya hozirning o‘zida hamkorlarga biznes yuritishda qator qo‘llab-quvvatlash choralarini taklif etmoqda: jarayonlarni avtomatlashtirishdan tortib, hamkorlar orqali avtotransport xaridiga chegirmalargacha. Yaqin kelajakda Yandex Uzbekistan hamkorlarga maxsus avtomobil lizingi shartlarini ham taklif etishni rejalashtirmoqda.
Motivatsion dasturda qatnashish uchun hamkorlar 2025 yil 30 sentabrga qadar kamida 10 ta O‘zbekistonda yig‘ilgan avtomobilni xarid qilishi, ushbu avtomobillar dastur talablariga muvofiq bo‘lishi (chiqarilgan yili va brendi) va ularni Yandex Taxi servisiga buyurtmalarni bajarish uchun ulashi kerak. Shuningdek, avtomobillar doimiy ravishda xatlovda bo‘lishi va faol ravishda qatnovlarni amalga oshirishi talab qilinadi. Har bir servisga ulangan yangi avtomobil uchun yiliga 35 mln so‘mgacha bonuslar taqdim etiladi.
“Bu loyiha — biz uchun yangi hamkorlarni jalb qilish va xizmatga ulangan avtoparkni doimiy yangilab borish imkonini beradi. Bu esa, o‘z navbatida, Yandex Taxi xizmatlarining sifati yuqori bo‘lishi va ularga talab barqaror bo‘lishini ta’minlaydi,” — deydi Yandex Taxi rahbari Timur Aliyev.

Yandex Taxi'ning barcha hamkorlariga haydovchilarni jalb etish va o‘qitish bo‘yicha qo‘llab-quvvatlash, avtopark va buyurtmalarni boshqarish uchun avtomatlashtirilgan tizim, menejerlar uchun o‘quv vebinarlar, kelajakda — avtomobillarni lizing asosida sotib olish va hamkorlardan xarid qilishda chegirmalar kabi imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Arizalarni qabul qilish 2025 yil 19 sentabrgacha davom etadi. Motivatsion dasturda qatnashuvchilar soni cheklangan.
Dastur shartlari haqida to‘liq ma’lumot: https://pro.yandex/lp/uz-uz/partnership/offer
Mavzuga oid
19:00 / 20.11.2025
Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova haqidagi “Diyora. Nozik yo‘l” xujjatli filmi yaratildi
15:00 / 23.10.2025
Yandex Uzbekistan kompaniyalar va tadbirkorlar uchun Yandex 360 virtual ofisini AI-funksiyalar bilan ishga tushirdi
12:00 / 22.10.2025
Yandex Uzbekistan barqaror rivojlanish sohasidagi natijalarini taqdim etdi
18:00 / 23.09.2025