Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IAB instituti: 2015 yilda kelgan qochqinlarning aksariyati ish topdi
Mehnat bozori va kasblar instituti ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniyaga o‘n yil avval kelgan qochqinlarning 60 foizdan ortig‘i ayni paytda ish bilan ta’minlangan. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tafovut saqlanib qolmoqda: qochqin ayollarning faqat uchdan bir qismi ish topdi.
Foto: Michael Dalder / Reuters
25 avgust, dushanba kuni chop etilgan Nyurnbergdagi Mehnat bozori va kasblar instituti (IAB) tadqiqotiga ko‘ra, 2015 yilda migratsiya inqirozi avjida Germaniyaga kelgan qochqinlar orasida 64 foizi bugun rasman ish bilan ta’minlangan. Tadqiqotchilar Federal bandlik agentligi (Bundesagentur für Arbeit) tomonidan sotsiologik so‘rovlar va bandlik statistikasi ma’lumotlarini o‘rganib chiqib, shunday xulosaga keldi.
Tadqiqot mualliflarining ARD'ga aytishicha, bu ko‘rsatkichni aniq deb bo‘lmaydi, chunki 2015 yilda qochqinlar noqulay sharoitga tushib qolgan. Ular nemis mehnat bozoriga institutsional jihatdan ham, tilni bilish nuqtayi nazaridan ham integratsiyaga tayyor emas edi. Ularning ko‘pchiligi urushdan qattiq jarohat olgan. Qochqinlar Germaniyadagi hayot va yordam tarmog‘i haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lmagan. Ularning hammasi ham o‘zining kasbiy malakasi tan olinishiga erisha olmadi.
Qochqinlarning bandlik tarkibi jinsga qarab juda katta farq qiladi. Erkak qochqinlar orasida bandlik darajasi 76 foizni tashkil etsa, ayol qochqinlar orasida atigi 35 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: Germaniyada o‘rtacha hisobda erkaklarning 72 foizi va ayollarning 69 foizi ishlaydi.
Mavzuga oid
11:47
So‘rov: nemislar hukumat va pensiya tizimidan norozi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
16:30 / 04.12.2025