Jahon | 11:14 / 26.08.2025
2641
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Klingbayl bilan uchrashuvi haqida: Havo mudofaasini kuchaytirishda davom etamiz

Germaniya Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish uchun kamida 9 milliard yevro ajratishga tayyor, dedi Germaniya moliya vaziri Lars Klingbayl Kiyevda. Volodimir Zelenskiy u bilan Ukraina havo mudofaasini kuchaytirish masalasini muhokama qilganini aytdi.

Foto: Kay Nietfeld/dpa/picture alliance

Kiyevga tashrifi chog‘ida Germaniya vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan himoyalanayotgan mamlakatni Germaniya tomonidan qo‘llab-quvvatlanishini muhokama qildi. Bu haqda Ukraina rahbari 25 avgust, dushanba kuni Telegramʼdagi kanalida ma’lum qildi.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Klingbayl bilan uchrashuvda Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash, mamlakatda UUA ishlab chiqarishni moliyalashtirish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa tashabbuslar muhokama qilingan. Ular orasida Amerika qurollarini sotib olish uchun PURL dasturi, ikkita Patriot tizimini sotib olish va Germaniyaning IRIS-T zenit-raketa tizimlarini Kiyevga yetkazib berish bor, dedi Ukraina prezidenti.

Bundan tashqari, Germaniya vitse-kansleri Zelenskiy bilan Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish va Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini muhokama qildi. «Tegishli diplomatik ishlar, jumladan, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilar darajasida ham olib borilmoqda. Biz Germaniya xavfsizlik kafolatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha yetakchilar qatorida bo‘lishini kutamiz», deb yozgan Volodimir Zelenskiy.

Mavzuga oid