Hujjat 2022 yil 21 iyul kuni Çölponota şahrida Qozoğiston, Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari tomonidan imzolangan edi. Şu vaqtda Tojikiston va Turkmaniston öz mamlakatlarida içki davlat protseduralarini yakunlaş zarurligini aytib, hujjatni imzolaşdan boş tortgandi.

Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş yölidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnomani imzoladi. Davlat rahbari matbuot xizmatining xabar berişiça, hujjatni imzolaş marosimi 28 avgust kuni Duşanbeda Qozoğiston boş vaziri örinbosari, taşqi işlar vaziri Murat Nurtleu bilan uçraşuvdan söng bölib ötgan.

Tomonlar uşbu Şartnomani har tomonlama amalga oşiriş böyiça birgalikdagi işlar «mintaqada tinçlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta’minlaş va mustahkamlaş omili bölişini» ta’kidladilar.

Uçraşuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar xarakterdagi masalalar, şuningdek, ikki mamlakatning uşbu yönalişlardagi strategik şeriklik va ittifoqçilik ruhidagi hamkorligi muhokama qilindi. Bundan taşqari, bölajak oliy darajadagi uçraşuv va muloqotlar rejasi, MDH sammiti va Duşanbedagi «Markaziy Osiyo - Rossiya» formatidagi uçraşuvga tayyorgarlikning borişi körib çiqildi.

2022 yil 21 iyul kuni Çölponota şahrida Qozoğiston, Özbekiston va Qirğiziston prezidentlari tomonidan XXI asrda Markaziy Osiyoni rivojlantiriş yölidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va hamkorlik töğrisidagi şartnoma imzolandi. Şu vaqtda Tojikiston va Turkmaniston öz mamlakatlarida içki davlat protseduralarini yakunlaş zarurligini aytib, hujjatni imzolaşdan boş tortgandi.

Hujjatni imzolagan mamlakatlar «mintaqada tinçlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlaş maqsadida yaqindan hamkorlik qiliş», harbiy va harbiy-texnikaviy sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş majburiyatini oladi.

Zarur hollarda tomonlar öz mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligiga tahdidning oldini oliş uçun bir-birlarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş va özaro yordam körsatiş majburiyatini ham oladi. Bunda ular «özaro davlatlararo munosabatlarda kuç işlatişdan yoki kuç bilan tahdid qilişdan özini tiyişi, harbiy ittifoqlarga, bloklarga yoxud davlatlarning ahdlaşuvçi tomonlarga qarşi qaratilgan boşqa birlaşmalariga qöşilmaslik majburiyatini oladi». Şuningdek, bu davlatlarning birortasiga qarşi qaratilgan xatti-harakatlarda iştirok etmasligi kerak.