Ispaniya: «Atletiko» depsinmoqda

La Liga. 3-tur
«Real» – «Malyorka» 2:1
Gollar: Guler 37, Vinisius 38 – Muriki 18.
«Real»: Kurtua, Trent (Karvahal 72), Militao, Hausen, Fernandes, Valverde, Chuameni, Mastantuono (Dias 66), Guler (Sebalos 72), Vinisius (Rodrigu 72), Mbappe (Garsiya 90+5)
«Malyorka»: Roman, Kumbulla, Raylo, Valent, Lato (Moxika 78), Morey (Sanches 78), Morlanes (Asano 87), Pablo Torre (Koshta 64), Darder, Muriki, Jozef (Virxili 87)
Ogohlantirishlar: Hausen 67, Eder Militau 89.

Mavsum boshidagi taqvim «Real»ni «Barselona»ni ortdan quvishga majbur qilgandi. Kataloniyaliklar dastlabki ikki turni ertaroq o‘tkazgan va o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozongandi, ammo bu safar madridliklarning o‘yini bir kun oldinroqqa qo‘yilgandi. «Real» o‘z uyida «Malyorka»ni qabul qildi va bu o‘yinda alohida intriga kutilmayotgandi. Orolliklar jamoasi yil boshidan buyon safar o‘yinlarida faqat bir g‘alabaga erishgandi. Ammo o‘yin kutilmagan ssenariy bo‘yicha rivojlandi.

«Malyorka» sxemani o‘zgartirdi va besh himoyachi bilan maydonga chiqdi. Jamoa bosh murabbiyi

a himoyachilardan qochib ketib, darvozani ishg‘ol etdi. Faqat vaziyatga VAR aralashdi va kichik ofs

ayd qayd etdi. Birinchi bo‘lim davomida Mbappening yana bir goli «o‘yindan tashqari holat» tufayli bekor qilindi.

Keyin esa kutilmaganda «Malyorka» hisobni ochdi. Va bu ishni Muriki amalga oshirdi, u birinchi turda «Barselona»ga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ishlagandi va diskvalifikatsiyani o‘tab qaytishga ulgurgandi. Gol qaysidir ma’noda tasodifiy chiqdi. Hujumchi barcha bilan birgalikda sakradi, to‘p esa uning yelkasiga tekkan holda darvoza to‘riga yo‘l oldi.

«Real» bungacha ham, bundan keyin ham ishonchli o‘ynadi va birinchi bo‘limning o‘zidayoq muvozanatni o‘z tomoniga og‘dirdi. 37-daqiqada Hausen olis ustun oldida barchadan baland sakrab, to‘pni bosh bilan Guler va Mastantuono turgan joyga tashlab berdi. Turkiyalik yarimhimoyachi ildamroq harakat qilib, deyarli bir metr masofadan turib darvozani ishg‘ol etdi.

Keyingi daqiqada esa «Real» hisobda oldinga chiqib oldi. O‘tgan turda gol va assist muallifi bo‘lgan Vinisius yana o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Braziliyalik vinger jarima maydoniga yorib kirib, chap oyog‘ida olis burchak tomon ideal zarba yo‘lladi – darvozabonda hech qanday imkoniyat yo‘q edi. «Real»ning ikki goli orasida atigi 73 soniya o‘tdi.