30 avgust kuni tushga yaqin favqulodda xizmatlarga Lvivning Frankovskiy rayonida otishma sodir bo‘lgani haqida xabar kelib tushdi. Jabrlanuvchi – Oliy rada sobiq spikeri Andrey Parubiy shifokorlar yetib kelguniga qadar vafot etgan. BBC rus xizmati qotillik tafsilotlari va Parubining siyosiy tarjimai holi haqida hikoya qiladi.

«Andrey Parubiy halok bo‘ldi. Qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman», – deb yozdi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qotillik haqidagi dastlabki xabarlar paydo bo‘lganidan ko‘p o‘tmay.

Bosh prokuror idorasi xabar berishicha, noma’lum erkak bir necha marta o‘q uzgan, natijada 54 yoshli siyosatchi voqea joyida halok bo‘lgan. Hujum qilgan shaxs yashiringan – uni qidirish uchun shaharda «Sirena» maxsus operatsiyasi boshlangan.

Siyosatchining o‘ldirilishi fakti bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv boshlangan, unga Milliy politsiya va Lviv oblasti politsiyasi bosh tergov boshqarmasi, Xavfsizlik xizmati va boshqa organlarning tezkor guruhlari jalb etilgan.

Voqea joyiga Andrey Parubiy deputat bo‘lgan «Yevropa birdamligi» fraksiyasining uch nafar deputati – Oleg Sinyutka, Nikola Knyajitskiy va Nikolay Velichkovich yetib kelgan.

Parubiyning o‘ldirilishi shahar markaziga yaqin joyda sodir bo‘lgan.

 Andrey Parubiy o‘ldirilgan joy, Lviv, 2025 yil 30 avgust
Roman Baluk / Reuters / Scanpix / LETA

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, kamida uch bor o‘q uzilgan, ba’zilari yettita o‘q ovozini eshitgan. Bu BBC’ning huquq-tartibot organlaridagi manbalarining jinoyat joyida yettita gilza topilgani haqidagi ma’lumotlariga mos keladi.

Shuningdek, manba qotil haqiqatan ham Glovo kompaniyasi kureri kiyimida bo‘lganini tasdiqlagan. Firma idorasi jinoyat joyidan 50 metr masofada joylashgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda Andrey Parubiy o‘ldirilishi aks etgan kadrlar tarqalgan. Videokuzatuv kamerasida yozib olingan kadrda Glovo yetkazib berish xizmati xodimlariniki kabi katta sariq ryukzakli shaxs siyosatchini ta’qib qilgani ko‘rinadi. Avvaliga u yo‘l chetida turib, qurbonini kutgan. Parubiy yaqinlashganida esa uning ortidan yuradi va unga to‘pponchasini o‘qtaladi. Videoda o‘q uzilishi ko‘rinmay qolgan – kadrning bu joyida ularning ikkisi ham daraxtlar ortiga o‘tgandi.

BBC muxbirlari Svyatoslav Xomenko va Vitaliy Chervonenko Andrey Parubiyning o‘ldirilishi haqida: