Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hongkong o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnov yo‘lga qo‘yilishi mumkin
O‘zbekiston transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Xitoyning maxsus ma’muriy hududi Hongkongda joylashgan JDB Group Limited kompaniyasi raisining o‘rinbosari Chan Man Xin bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Foto: "Dunyo" AA
Transport vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston, Hongkong hamda potensial xalqaro hamkorlar bilan aviatsiya sohasidagi istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.
Jumladan, tomonlar Hongkong va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yish yuzasidan fikr almashdi.

Logistika, turizm va ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladigan muntazam yo‘lovchi va yuk tashish aviareyslarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari batafsil ko‘rib chiqildi. Ushbu jarayonda ustuvor hamkor-operator sifatida Hong Kong Airlines aviakompaniyasi taklif etildi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, O‘zbekiston hududida xalqaro aviatsiya akademiyasini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi. Akademiya xalqaro standartlar (shu jumladan FAA va IOSA) asosida uchuvchilar, texniklar, styuardessalar, yerusti xodimlari va aviatsiya menejerlarini tayyorlaydi.
Mavzuga oid
12:53 / 01.12.2025
Hongkongdagi yong‘in qurbonlari 140 nafardan oshdi. Xitoy namoyishlar boshlanishidan xavotirda
17:47 / 28.11.2025
«Hongkongdagi yong‘in qurbonlari orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmadi» - TIV
08:40 / 28.11.2025
Hongkongdagi turar joy majmuasida yong‘in: kamida 94 kishi halok bo‘ldi
17:28 / 27.11.2025