Köp qirrali amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, moliyaviy-investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

Uçraşuv avvalida davlat rahbari XXR Davlat kengaşi boş vaziri va butun Xitoy xalqini buyuk Ğalabaning 80 yilligi hamda Şanhay hamkorlik taşkilotining Tyanszin sammiti muvaffaqiyatli ötkazilgani bilan tabrikladi.

Ikki mamlakat yetakçilarining siyosiy irodasi va birgalikdagi sa’y-harakatlari tufayli Özbekiston – Xitoy munosabatlari yangi davrda barça şaroitlarda strategik şeriklik va köp qirrali “yetuk” hamkorlik darajasiga kötarilgani ta’kidlandi.

Ötgan yili tovar ayirboşlaş 14 milliard dollarga yetdi va barqaror ösişda davom etmoqda. Bu körsatkiçni mahsulot yetkazib berişni köpaytiriş, eksport va import mutanosibligini ta’minlaş orqali 20 milliard dollarga yetkaziş imkoniyati borligi qayd etildi.

Şu maqsadda Özbekistonda standartlarni uyğunlaştiriş va mahsulotlarni Xitoy talablari asosida sertifikatsiyalaş uçun qöşma Kvant metrologiya markazi va Mintaqaviy sanoat standartlaştiriş markazini oçiş taklif qilindi.

Qöşma loyihalar portfeli 60 milliard dollardan ziyodni taşkil etmoqda.

Bu galgi taşrifga tayyorgarlik doirasida “yaşil” energetika, geologiya, kimyo, noyob metallarni çuqur qayta işlaş, kömir kimyosi, transport infratuzilmasini modernizatsiya qiliş va raqamlaştiriş, qişloq va suv xöjaligi, uruğçilik, agrovoltaika sohalarida yangi loyiha takliflari şakllantirildi.

Ilmiy tadqiqotlar va istiqbolli startaplarni ilgari suriş maqsadida Özbekiston – Xitoy sun’iy intellektni rivojlantiriş markazini taşkil etiş taklif qilindi.

Xitoyning yetakçi bank-moliya institutlari bilan amaliy hamkorlikni kengaytiriş masalalari ham körib çiqildi.

Kambağallikka qarşi kuraşiş böyiça maxsus quyi qömita yiğilişi va joriy yilda Özbekistonda ötkazilayotgan ikkinçi Hududlar forumi yakunlariga yuqori baho berildi.

“Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston” strategik temir yölini quriş loyihasi böyiça Özbekiston pudrat taşkilotlarini jalb etgan holda amaliy işlar olib borilmoqda.