Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh narkotiklar tashilayotgani gumon qilingan 11 kishilik kemani portlatdi
AQSh harbiylari Janubiy Karib dengizida Venesuelaga tegishli giyohvand moddalar qayig‘ini portlatib yubordi. Oq uy bayonotida zarba natijasida 11 nafar narkoterrorchilar halok bo‘lgani aytilgan. Tahlilchilarga ko‘ra esa «narkotik tashiyotgani gumon qilinishi» hali o‘lim jazosi, degani emas.
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
«Biz oxirgi daqiqalarda giyohvand moddalar tashiyotgan qayiqni urib tushirdik», — dedi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida. Keyinroq, Tramp videoni e’lon qildi va «bu harakat AQShga giyohvand moddalar olib kirishni o‘ylayotgan har qanday kishiga ogohlantirish bo‘lishi»ni bildirdi.
Videoda dengizdagi tezkor qayiq yuqoridan dron orqali kuzatuv kadrlarida portlab, olov ichida qolgan holat ko‘rinadi. «Zarba natijasida 11 nafar terrorchi jangda yo‘q qilindi. AQSh kuchlari orasida qurbon yo‘q», dedi Tramp.
🇺🇸 ON VIDEO: U.S. Military Forces conducted a strike against Tren de Aragua Narcoterroriss. The strike occurred while the terroriss were at sea in International waters transporting illegal narcotics, heading to the U.S. The strike resulted in 11 terroriss killed in action. pic.twitter.com/iszHE0ttxQ
— The White House (@WhiteHouse) September 2, 2025
Bu, Tramp ma’muriyati yaqinda Karib dengizining janubiy qismiga harbiy kemalarni yuborganidan keyingi ilk ma’lum bo‘lgan operatsiya hisoblanadi. Pentagon zarba tafsilotlarini, jumladan, qaysi turdagi narkotik bo‘lgani, qancha miqdorda bo‘lgani yoki zarba qanday amalga oshirilgani haqida ma’lumot bermadi.
Venesuela axborot vaziri Fredy Nanes ijtimoiy tarmoqlarda Tramp tarqatgan video sun’iy intellekt yordamida yaratilganini ta’kidladi.
Karib dengizida gumon qilingan narkotik kemasini portlatish, uni qo‘lga olish va ekipajni hibsga olish o‘rniga, juda g‘ayrioddiy qaror bo‘ldi. «Narkotik tashiyotgani gumon qilinishi — o‘lim jazosi degani emas», deya Vashingtondagi Lotin Amerikasi bo‘yicha Mudofaa nazorati direktori Adam Isaksonning so‘zlarini keltirmoqda Reuters.
So‘nggi haftalarda AQSh janubiy Karib dengiziga harbiy kemalar yuborgan bo‘lib, bu Trampning narkokartellarga qarshi qat’iy kurash olib borish va’dasiga amal qilishini ko‘rsatmoqda. Seshanba kuni amalga oshirilgan zarba shu maqsaddagi ilk harbiy operatsiya bo‘lib ko‘rindi.
Davlat kotibi Marko Rubio jurnalistlarga: «Bu aniq narkotiklar, ehtimol, Trinidad yoki Karib dengizidagi boshqa biror davlatga ketayotgan edi. Qisqa qilib aytganda, prezident AQShdagi narkokartellarga va giyohvandlik savdosiga qarshi hujumkor siyosat olib boradi», dedi. Trampning ta’kidlashicha esa ko‘plab narkotik tashuvchi qayiqlar Venesueladan chiqmoqda, terrorchilar Venesuela prezidenti Nikolas Maduro nazorati ostida harakat qilmoqda.
Maduro esa hozircha zarba yuzasidan izoh bermadi. Trampning Maduroni alohida nishonga olishi Karakasda xavotir uyg‘otmoqda – Venesuela hukumatida asl maqsad biz bo‘lishimiz mumkin, degan qo‘rquv bor.
O‘tgan oy AQSh Maduroni hibsga olishga olib keladigan ma’lumot uchun mukofotni 50 million dollargacha — ikki barobarga oshirdi. Uni giyohvandlik savdosi va jinoiy guruhlar bilan aloqada ayblamoqda. AQSh Karib dengizidagi floti va harbiy kuchlari sonini ham ancha ko‘paytirdi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40
Mers AQShga Rossiyaning muzlatilgan aktivlarini berishga qarshi chiqdi
07:38