Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga Xitoydan keluvchi sayyohlar soni 3 mlnga yetkaziladi
2025 yil 1 sentabr kuni Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti Pekin shahrida O‘zbekiston Turizm ofisi tantanali ravishda ochildi.
Ochilish marosimida Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shodiyev, Xitoy sanoat va savdo federatsiyasining Pekin tashqi madaniy savdo assotsiatsiyasi ijrochi direktori Chi Lu xonim, Xitoyning yirik sayyohlik kompaniyalari vakillari va boshqa rasmiy mehmonlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Xitoy raisi Si Jinping tashabbuslari tufayli ikki tomonlama aloqalar so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarildi. Turizm sohasida ham o‘zaro hamkorlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Buni 2025 yil 1 iyundan kuchga kirgan 30 kunlik vizasiz rejim, shuningdek ikki davlat o‘rtasida haftasiga 50 dan ortiq aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilgani yaqqol ko‘rsatib turibdi. Yaqin yillarda bu ko‘rsatkichni 100 reysgacha oshirish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2025 yil «Xitoyda O‘zbekiston turizm yili» deb e’lon qilingani ham ikki davlat o‘rtasidagi turistik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ushbu yil davomida O‘zbekiston delegatsiyalari Xitoyning 9 ta yirik shahrida roudshoular o‘tkazdi, sayyohlik ko‘rgazmalarida faol ishtirok etmoqda, yil oxirigacha yana bir qator provinsiyalarda taqdimot tadbirlari rejalashtirilgan.
O‘zbekiston tomoni 2030 yilga kelib Xitoydan mamlakatga tashrif buyuruvchi sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazishni maqsad qilgan. Pekindagi yangi turizm ofisi esa ushbu ulkan maqsad sari tashlangan muhim qadamlardan biridir.
Mavzuga oid
20:44 / 24.06.2026
Xitoyning LineShine superkompyuteri dunyodagi eng kuchli deb topildi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
11:22 / 23.06.2026
UzXCMG davlat ulushini sotish bo‘yicha Xitoy kompaniyasi bilan hamkorlik qilinadi
12:02 / 18.06.2026