Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi belgilandi
Hukumat qarori bilan “O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.
Foto: Kun.uz
Nizom O‘zbekistonda suv xo‘jaligi balanslarini tuzish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Suv xo‘jaligi balanslari quyidagi turlarga ajratiladi:
▪️ daryolar havzalarining suv xo‘jaligi balanslari;
▪️ irrigatsiya tizimlari havzalarining suv xo‘jaligi balanslari;
▪️ iqtisodiy mintaqalar (hududlar) suv xo‘jaligi balanslari;
▪️ O‘zbekiston yagona suv xo‘jaligi balansi.
Suv xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar suv xo‘jaligi balanslarini tuzish, uni amalga oshirish va muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ hisoblanadi.
Suv xo‘jaligi balanslari suv resurslarining mavjud miqdori, suvga bo‘lgan talab, suv resurslari taqsimoti, ularning taqchilligi yoki ortiqcha miqdorini ko‘rsatadigan jadvallarda ishlab chiqiladi.
Suv xo‘jaligi balanslarini tuzish bo‘yicha ma’lumotlar elektron onlayn shaklda yuritiladi va ularning bazasi shakllantirib boriladi.
Mavzuga oid
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026
Oliy ta’limda yangi qoidalar: talabalar huquqi va tizim tartibi belgilandi
08:39 / 04.04.2026