Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha global alyansga qo‘shildi
O‘zbekiston Bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish bo‘yicha global alyansga qo‘shilgan 46-davlat bo‘ldi.
YUNISEF xabariga ko‘ra, bu bolalarni himoya qilish yo‘lidagi muhim qadamdir. Ushbu majburiyat mamlakat erishgan sezilarli yutuqlarga asoslanadi.
Jumladan, joriy yilning may oyida Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi. Hozirda har bir bolani amaliy himoya qilishga qaratilgan tarmoqlararo strategiya va harakatlar rejasi ishlab chiqilmoqda.
YUNISEF O‘zbekiston hukumati bilan yelkadosh bo‘lib mazkur sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanishini bildirgan.
"Har bir bola uyda, maktabda va jamiyatda xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhitda ulg‘ayishi uchun birgalikda harakat qilamiz", deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
14:44 / 14.07.2026
Toshkent viloyati bog‘chalaridagi ommaviy zaharlanishda 11 kishi aybdor deb topildi
17:51 / 09.07.2026
Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga boshpana muddati 30 kundan 6 oygacha uzaytiriladi
17:37 / 09.07.2026
Bolaga zo‘ravonlik qilgan tarbiyachiga bog‘chada ishlash 1 yilga taqiqlanishi mumkin
18:46 / 08.07.2026