JSST ma’lumotlariga köra, 2021 yilda 15 yoşdan oşgan 400 million kişi spirtli içimliklarni iste’mol qiliş bilan boğliq kasalliklarga, 2022 yilda esa 64 milliondan ortiq odam giyohvand moddalarni iste’mol qiliş oqibatida kelib çiqqan kasalliklarga çalingan. 2021 yilda qariyb 57 million kişi demensiyadan, 24 milliondan ortiği epilepsiyadan aziyat çekkan.

JSST eng keng tarqalgan ruhiy kasalliklar deb xavotirli va depressiv buzilişlarni aytadi, 2021 yilda ular barça ruhiy kasalliklarning 2/3 qismidan köproğini taşkil etdi. Bunday kasalliklar köpinça 20-29 yoşdagi kişilarda uçraydi. Hisobotda qayd etilişiça, 2011-2021 yillarda ruhiy kasalliklarga çalinganlar soni dunyo aholisi sonidan tezroq ösgan.

JSST, şuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy holatidan qat’i nazar, barça mamlakatlarda öz joniga qasd qilişni «yoşlar orasidagi bevaqt ölimning asosiy sababi» deb ataydi. 2021 yilda öz joniga qasd qiliş 727 ming kişining hayotiga zomin bölgan. JSST hisobotida aytilişiça, öz joniga qasd qilişdan ölimni kamaytiriş böyiça hozirgi sa’y-harakatlar yetarli emas - 2030 yilga borib, bu körsatkiç BMT taxmin qilganidek uçdan bir emas, balki hozirgi dinamikani saqlab qolgan holda atigi 12 foizga kamayadi.

Taşkilot hisob-kitoblariga köra, ruhiy kasalliklarning tarqalişidan körilgan zarar yiliga 12 milliard samarali iş kunini taşkil etadi - bu jahon iqtisodiyotiga yiliga taxminan 1 trillion dollarga tuşadi.

Şu bilan birga, depressiyaga çalinganlarning atigi 9 foizi sifatli davolanmoqda. Bundan taşqari, psixoz bilan oğrigan odamlarning 71 foizi umuman tibbiy yordam olmaydi.