Toşkent şahri Sergeli tumanida yaşovçi ayol öz qizining qotiliga aylandi. Bu haqda «Millar» dasturida xabar qilindi.
Ma’lum bölişiça, 1991 yilda tuğilgan Zilola Tölaganova maktabga çiqqaniga 1 hafta bölgan 7 yoşli qizi Zarina Ahadovaga oşxona piçoği bilan jarohat yetkazgan. Qizaloq olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
Sergeli tumanidagi «Ziyolilar» MFY vakilining aytişiça, ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolanib kelgan ayolga 2025 yil 2 avgust kuni şifoxonadan javob berilgandi.
«Bu ayol ruhiy kasalliklar şifoxonasida davolanayotgandi. 2 avgust kuni u şifoxonadan çiqarilgan, köçirma bilan berilgan, ambulator davolanişga yozib berişgan. Xonadonga mahalla yettiligi bilan borib, örganib, suhbatlar ötkazib bordik. Ayolning holati yaxşi edi, savollarga yaxşi javob berdi. 2 nafar farzandi bor, bir qiz va bir öğil. Kutmagandik lekin. Hamdardlik bildiramiz yaqinlariga», degan u.
Holat yuzasidan Sergeli tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) bilan jinoyat işi qözğatilgan va ayol protsessual tartibda uşlangan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qotillik qurboniga aylangan Zarina Ahadova 2022 yil yanvar oyida Toşkent hayvonot boğida onasi tomonidan tösiq ortidan ayiqning qafasiga taşlab yuborilgandi. Kavkaz ayiği qizga yaqinlaşib, hidlab körib, söng ortiga qaytgan. Öşanda boğ işçilari ayiqni içki xonaga çaqirib olişgan edi. Qizaloqda oçiq boş miya jarohati va boş miya çayqalişi aniqlangan, bir muddatdan söng uning ahvoli yaxşilangan va uyiga javob berilgan.
Öşanda prokuratura tomonidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 25-moddasi orqali 97-moddasi 2-qismi «v» bandi (javobgarlikni oğirlaştiradigan holatlarda, ya’ni aybdorga ayon bölgan ojiz ahvoldagi şaxsni qasddan öldiriş) bilan jinoyat işi oçilgandi. Ayol psixonevrologik dispanser röyxatida turgani, oilada bosimga uçragani va turmuş örtoği bilan ajraşmoqçi bölgani ma’lum bölgandi.












