Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tibbiyot sohasida ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari aniqlandi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Qashqadaryo viloyatida ishga joylashtirib qo‘yish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi, DXX va IIV xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘iston filiali xodimasi Z.K. fuqaro A.A.ni ushbu filialga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 32 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi hamda IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Unda, Qarshi tuman tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i X.Q. fuqaro U.Q.ni tanishlari yordamida Qarshi tuman markaziy poliklinikasiga ishga joylashtirib qo‘yishi evaziga 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
08:26 / 25.06.2026
5 kilogrammdan ortiq gashish, marixuana va minglab dori vositalari aniqlandi
09:05 / 17.06.2026
Afg‘onistondan olib kirilgan 37,6 kg giyohvandlik vositalari fosh etildi
10:57 / 12.06.2026
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026