Markaziy bank ma’lumotiga köra, joriy yilning ikkinçi çoragida iqtisodiy faollik va iste’mol  talabi yuqori sur’atlarda saqlanib, narxlar oşişiga ta’sir körsatişda davom etmoqda. Şu bilan birga, ötgan yilgi “baza effekti” çiqib ketişi hisobiga avgust oyidan inflatsiya pasayiş tendensiyasi qayd etilgan.

Inflatsiya körsatkiçlari 

 • Avgustda yillik umumiy inflatsiya 8,8 foizni taşkil etdi;
 • Bazaviy inflatsiya 7,6 foizgaça pasaydi;
 • Xizmatlar sohasida esa energiya narxlari oşişining ikkilamçi ta’sirlari yuqori bosimni saqlab qolmoqda.

Sönggi oylarda mavsumiy omillar va almaşuv kursining barqarorlaşuvi hisobiga aholi va tadbirkorlar inflyatsion kutilmalarida pasayiş kuzatilgan bölsa-da, ular hanuz umumiy inflatsiya darajasidan yuqoriroq.

Iqtisodiy ösiş 

2025 yilning birinçi yarmida iqtisodiyot ösişi 7,2 foizgaça tezlaşdi. Bunda xizmatlar sohasi yetakçi bölgan, şuningdek, sanoat, quriliş va qişloq xöjaligida ham sezilarli ösiş kuzatilgan.

Yalpi talabni kuçaytiruvçi asosiy omillar sifatida:
 • transçegaraviy pul ötkazmalarining ösişi,
 • kreditlaş sur’atlarining jadallaşuvi,
 • budjet xarajatlari va investitsion faollik körsatildi.

Taşqi xavf omillari 

Markaziy bank xalqaro savdodagi çeklovlar, global oziq-ovqat narxlarining ösişi va asosiy savdo hamkor davlatlarda inflatsiyaning yuqori darajada saqlanib qolişini import inflatsiyasining kuçayişi mumkin bölgan omillar sifatida qayd etdi.

Joriy yil yakunida inflatsiya 8,7 foiz atrofida şakllanişi kutilmoqda.

Markaziy bankka köra, asosiy stavkani özgarişsiz saqlaş qarori iqtisodiyotda jamğariş jozibadorligini qöllab-quvvatlaş, kreditlaş sur’atlarini maqbullaştiriş va yalpi talabni muvozanatlaştiriş orqali narxlar barqarorligini ta’minlaşga qaratilgan.

Asosiy stavkani körib çiqiş böyiça navbatdagi yiğiliş 2025-yil 23-oktyabr kuni bölib ötadi.