Jahon | 12:23 / 11.09.2025
3691
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kirkning o‘ldirilishini «radikal so‘llar» ritorikasi bilan bog‘ladi

AQSh prezidenti Donald Trampning so‘zlariga ko‘ra, «radikal so‘llar» ritorikasi mamlakatda terrorizm va siyosiy xurujlarning kuchayishiga olib keldi.

Foto: Manuel Balce Ceneta/AP Photo/dpa

AQSh prezidenti Donald Tramp konservativ faol Charli Kirkning o‘ldirilishiga bag‘ishlangan xalqqa videomurojaatida AQShda terrorizmning kuchayishida «radikal so‘llar»ni aybladi. Trampning nutqi 11 sentabr, payshanba kuni chop etildi.

«Radikal so‘llar Charli kabi obro‘li amerikaliklarni natsistlar va tarixdagi eng yomon jinoyatchilarga qiyosladi. Bu ritorika to‘g‘ridan to‘g‘ri bugun mamlakatimizda kuzatilayotgan terrorizmga olib keladi va uni zudlik bilan to‘xtatish kerak», — dedi Tramp. 

AQSh prezidenti o‘z hukumati «bu vahshiylik va boshqa siyosiy zo‘ravonlik harakatlariga aloqador barchani, shu jumladan ularni moliyalashtirgan va qo‘llab-quvvatlovchi tashkilotlarni topishiga» va’da berdi. «Amerikada juda uzoq vaqtdan beri zo‘ravonlik va qotillik har yili kimgadir yoqmagan odamlarni eng nafratli shaxsga aylantirish natijasi bo‘lib kelmoqda», — dedi Tramp.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid