Ta’lim-tarbiya sohasini xalqaro standartlar asosida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda islohotlar samaradorligini oshirish, o‘quv jarayoniga ilg‘or tajribalar, innovatsion pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish borasidagi munosib hissasi, o‘quvchi yoshlarga zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni o‘rgatish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, farzandlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi katta xizmatlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki, shuningdek, O‘zbekistonda ta’limga oid investitsiya loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirib kelayotgani uchun quyidagilar mukofotlandi:

«O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi» faxriy unvoni bilan

Raximov Xamidjon Mamajonovich - Oltiariq tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab direktori, Farg‘ona viloyati

«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta’limi xodimi» faxriy unvoni bilan

Boyqobilova Lobar Toshtemirovna - Oqdaryo tumanidagi 6-umumiy o‘rta ta’lim maktabining biologiya fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Egamberdiyev Atabek Ro‘zimovich - Hazorasp tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabning fizika fani o‘qituvchisi, Xorazm viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abdullayev Maxmudjon Muxamedovich - Toshkent davlat texnika universitetining mexatronika va robototexnika kafedrasi professori

Orazimbetova Guldarixa Kdirbayevna - Qorao‘zak tumanidagi 32-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Suvanov Omon - Guliston davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Xushmatov Raxmatullo Rabbimovich - Samarqand shahridagi alohida ta’limga ehtiyoji bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 61-maktab-internatining tasviriy san’at va chizmachilik fani o‘qituvchisi, Samarqand viloyati

Shukurov Maxmanazar Karimovich - Yakkabog‘ tumanidagi 37-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, Qashqadaryo viloyati