Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK rahbari Kiyevga harbiy yordam yangi dasturi haqida ma’lum qildi
Yangi dastur Ukraina qurolli kuchlari salohiyatini mustahkamlashga sarmoya kiritishni rag‘batlantiradi, dedi Ursula fon der Lyayyen Yevroparlamentda. Yevrokomissiya rahbari Ukrainani, jumladan, Rossiya mablag‘lari hisobidan qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.
Foto: Dati Bendo/Euroopa Komisjon
Yevropa Komissiyasi (YeK) Ukrainani harbiy qo‘llab-quvvatlashning yangi dasturi – «Sifatli harbiy ustunlik»ni joriy qilmoqda. Bu dastur Ukraina qurolli kuchlari salohiyatini mustahkamlashga sarmoya kiritishni rag‘batlantiradi, dedi Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Strasburgdagi Yevroparlamentda so‘zlagan nutqida.
Fon der Lyayyenning so‘zlariga ko‘ra, uch yarim yildan ortiq vaqtdan beri Rossiyaning keng ko‘lamli harbiy bosqiniga qarshilik ko‘rsatib kelayotgan Ukraina yanada kengroq yordamga muhtoj. Shu bilan birga, tegishli xarajatlar nafaqat yevropalik soliq to‘lovchilar tomonidan qoplanishi kerak, deb hisoblaydi YeK rahbari. «Bu Rossiyaning urushi. Va buning uchun Rossiya to‘lashi kerak», deb ta’kidladi u.
Rossiyaning Yevropadagi muzlatilgan aktivlari haqidagi munozaralarni sharhlar ekan, Ursula fon der Lyayyen ularni musodara qilish imkoniyatini yana bir bor rad etdi. «Aktivlarning o‘zi daxlsiz qolmoqda», deb ta’kidladi Yevrokomissiya raisi. Buning o‘rniga, uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukrainaning harbiy sa’y-harakatlarini moliyalashtirish» uchun Rossiya aktivlaridan foydalanish bo‘yicha «yangi yechim»ni zudlik bilan ishlab chiqish zarur.
Mavzuga oid
08:50 / 15.04.2026
Zelenskiy: Erondagi urush sabab AQShning Ukrainaga vaqti yo‘q
09:48 / 14.04.2026
Madyar: Vengriya Ukraina uchun 90 mlrd yevroni bloklamaydi
09:01 / 14.04.2026
Rossiyadagi eng yirik fosforli o‘g‘it zavodi yana dronlar hujumiga uchradi
09:48 / 13.04.2026