Maktablarda 12 yillik ta’limga ötiladigan böldi, Sariosiyoning “vijdonli” ayol “zamhokimi” tumandoşlarini paxta terimiga majburlaşi ortidan 20 mln jarimaga tortildi, yaqin istiqbolda erkaklar pensiya yoşi 63 ga, ayollarniki esa 58 ga kötariladigan körinadi. Samarqanddagi davlat boğçalari ta’minoti xavf ostida qolgani aytilmoqda.    

Ortda qolayotgan haftaning Özbekiston hayotiga oid ayrim yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

Özbekistonda pensiya yoşini oşiriş rejalaştirilyapti

Pensiya jamğarmasi ijroçi direktori Murodbek Otajonovga köra, erkaklar uçun pensiya yoşi hozirgi 60 yoşdan 63 yoşga, ayollar uçun esa 55 yoşdan 58 yoşga oşirilişi rejalaştirilyapti. Bu jarayon bosqiçma-bosqiç amalga oşirilib, har yili 6 oydan qöşib borilişi mumkin. Pensiya jamğarmasi direktori mamlakatda örtaça umr köriş davomiyligi ortib borayotganini qayd etdi. Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, bugungi kunda bu körsatkiç 75 yilni taşkil etyapti.

Otajonovning qöşimça qilişiça, pensiya yoşini oşiriş böyiça yakuniy qaror hali qabul qilingani yöq. Pensiya jamğarmasi aholining pensiya tizimini isloh qilişga oid takliflarini yiğiş uçun maxsus platforma işga tuşirişni rejalaştiryapti. Takliflar bir oy davomida qabul qilinadi. Söng ularni örganib çiqib, qayta muhokamadan ötkaziş, zarur özgartirişlar kiritiş va pensiya islohoti loyihasini jamoatçilikka rasman taqdim etiş közda tutilgan.

Maktablarda 12 yillik ta’lim: bu qanday böladi?

Özbekistonda 12 yillik umumiy ta’lim joriy etiladi. Aytişlariça, 12 yillik ta’lim quyidagi bosqiçlardan iborat böladi:

- 1 yil maktabga tayyorlov;

- 4 yil boşlanğiç ta’lim;

- 5 yil bazaviy umumiy örta ta’lim (5-9-sinflar);

- 2 yil umumiy örta ta’lim (maktablar, akademik litseylar, harbiy maktablar yoki texnikumlarda).

Bu yangilik davlat rahbari huzurida ta’lim sohasi böyiça ötkazilgan selektor yiğilişi oldidan e’lon qilindi.

Uşbu selektorda yana qator yangiliklar ham aytildi. Jumladan, endi maktablarda maslahatçi lavozimi joriy etiladi.