Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uitkoff manfaatlar to‘qnashuvi tufayli o‘z kompaniyasidagi ulushini sotdi
Bloomberg agentligining qayd etishicha, Uitkoff SpaceX, Reddit, Cisco, Uber, xej-fondlar, kriptovaluta va boshqa yo‘nalishlarga ham sarmoya kiritgan.
Foto: Shutterstock
AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ko‘chmas mulklarni boshqaruvchi kompaniyasidagi ulushini 120 mln dollarga sotdi, deb xabar berdi Bloomberg.
The Witkoff Group LLC kompaniyasi tomonidan sotilgan portfelga Los-Anjyeles, Mayami-Bich, Uest-Palm-Bich va Nyu-Yorkdagi hashamatli ko‘chmas mulklar kiradi.
Bloomberg agentligining qayd etishicha, Uitkoff shuningdek, SpaceX, Reddit, Cisco, Uber, xej-fondlar, kriptovaluta va boshqa yo‘nalishlarga ham sarmoya kiritgan.
Uitkoff manfaatlar to‘qnashuvidan qochish uchun The Witkoff Group kompaniyasidagi ulushidan forig‘ bo‘lgan.
68 yoshli Stiv Uitkoff The Witkoff Group kompaniyasini 1997 yilda tashkil qilgandi. Kompaniya dastlab ko‘chmas mulklar sotib olish bilan shug‘ullangan bo‘lsa, keyinchalik qurilish sohasida ham faoliyat yurita boshlagan.
Uitkoff bu yil Rossiyaga besh marta bordi va prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi. U Moskvada oxirgi marta avgust oyida bo‘lgan, shundan keyin Alyaskada Putin va Tramp uchrashuvi o‘tkazilgandi.
Mavzuga oid
09:21 / 15.01.2026
AQSh: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlandi
09:23 / 14.01.2026
Maxfiy uchrashuv: Uitkoff Rizo Pahlaviy bilan Erondagi namoyishlarni muhokama qildi
13:32 / 22.12.2025
Uitkoff AQSh–Ukraina formatidagi muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi
09:33 / 15.12.2025