ÖzLiDeP fraksiyasi yiğilişida “Ayrim qonun hujjatlariga Özbekistonda islomiy bank faoliyatini joriy qilişga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, islomiy moliyada savdo va şerikçilik orqali moliyalaştiriş keng qöllaniladigan moliyalaştiriş şakllari hisoblanib, qonunçilikda tijorat banklari tomonidan bunday şakllardan foydalanilişiga bir qator tösiqlar mavjud. Xususan, islomiy moliyalaştirişda banklar savdo bilan şuğullaniş orqali mijozni moliyaviy qöllab-quvvatlasa, Özbekistonda tijorat banklari savdo bilan bevosita şuğullanişi mumkin emas.
Islomiy moliyada moliyalaştirişni şeriklik asosida amalga oşirişga ruxsat etilgan bölib, mamlakatimizda tijorat banklariga yuridik şaxslarni taşkil etiş yoki ularning ustav kapitallarida qatnaşişga doir çeklovlar örnatilgan.
Şu munosabat bilan, yuqoridagi qayd etilgan holatlarni bartaraf etiş va Özbekistonda islomiy bank faoliyatini yölga qöyiş maqsadida bir qator qonun hujjatlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritiş talab etiladi.
Mazkur qonunning qabul qilinişi natijasida Özbekistonda Islomiy moliya institutlari uçun buxgalteriya hisobi va audit taşkiloti (AAOIFI) hamda Islom moliyasi xizmatlari kengaşi (IFSB) standartlariga mos keluvçi islomiy bank faoliyati uçun zarur huquqiy asos yaratiladi.
Uşbu qonun Özbekistonda islomiy banklar va islomiy “darça”lar faoliyatini yölga qöyiş, “yaşirin” iqtisodiyot uluşini kamaytiriş, qolaversa mamlakatga islomiy bank faoliyatini rivojlantirişga yönaltirilgan xorijiy investitsiyalarni jalb qilişga xizmat qiladi.
















