Prezident Şavkat Mirziyoyev Öqituvçi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot ötkazdi. Ta’kidlanişiça, onlayn tadbirga barça hududlardan 40 mingdan ziyod pedagoglar ulandi.
Davlat rahbari pedagoglarni yanada qöllab-quvvatlaşga qaratilgan yangi taşabbuslarni ilgari surdi:
- yangi yildan boşlab kamida 15 yil stajga ega bölgan oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boşlanğiç badalining 25 foizi qoplab beriladi;
- kelgusi öquv yilida davlat oliygohlariga öqişga kirgan pedagoglar farzandlarining kontrakt summasiga 30 foiz çegirma beriladi;
- öqituvçilar yangi ta’lim texnologiyalarini keng qöllaşi uçun kompyuter xaridiga 10 million sömgaça imtiyozli kredit ajratiladi;
- kelasi yildan pedagoglar uçun davlat xizmatlari tölovi 2 karra kamaytiriladi;
- fan öqituvçilari kabi boşlanğiç ta’lim öqituvçilari uçun ham milliy sertifikat beriş tizimi joriy qilinadi. Sertifikat olganlarga har oyda 15 foiz ustama tölanadi;
- bakalavr bosqiçini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga işga kirganlarga avtomatik ravişda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi;
- dunyodagi TOP-300 oliygohlardan biriga öqişga kirgan pedagoglarga 20 ming dollargaça imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
- reytingda 100 talikka kirgan maktab va boğça, 20 talikdagi texnikum, TOP-10 ta oliygoh pedagoglariga yiliga bir marta Özbekiston böylab sayohat qiliş uçun samolyot va poyezdlar çipta narxlariga 15-20 foiz çegirma beriladi.

















