Uzum'ning qöllab-quvvatlaşi assotsiatsiyaga sport infratuzilmasini mustahkamlaş, yoşlar uçun dasturlarni kengaytiriş, şuningdek, Milliy terma jamoani 2026 yilgi Jahon çempionatiga tayyorgarlik körişda qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Özbekiston milliy terma jamoasining taniqli futbolçilari ÖFA va milliy raqamli ekotizimning qöşma loyihalarida iştirok etib, öz namunasi bilan yoşlarni ilhomlantiradi.

Bugungi kunda ÖFA qoşida 14 ta hududiy assotsiatsiya faoliyat yuritmoqda, 12 000 dan ortiq futbolçi bolalar va ösmirlar jamoalarida maşğulot ötkazmoqda, milliy terma jamoa esa xalqaro maydonda — Osiyo kubogidan tortib Olimpiya saralaşlari va Jahon çempionatigaça Özbekiston şarafini himoya qilib kelmoqda.

«Uzum kompaniyasi bilan hamkorlik mamlakatimizda futbolni rivojlantirişda muhim qadamdir. Kelgusi yillarda milliy terma jamoalar, şuningdek, bolalar va ayollar futbolini qöllab-quvvatlaş böyiça qöşma loyihalarni amalga oşiramiz», — deydi Özbekiston futbol assotsiatsiyasi birinçi vitse-prezidenti Ravşan Ermatov.

 «Biz uçun nafaqat sportni qöllab-quvvatlaş, balki iqtidorli bolalar ösişi, amaldagi çempionlar esa yangi ğalabalar uçun resurslarga ega bölişi uçun şaroit yaratiş muhimdir. Futbol odamlarni birlaştiradi, jamoaviy işga ilhomlantiradi va öz kuçiga bölgan işonçni oşiradi. Biz ÖFA bilan birgalikda özbek sporti kelajagiga hissa qöşa olişimizdan faxrlanamiz», — deya şarhlaydi Uzum ekotizimi asosçisi va boş direktori Djasur Djumayev.

«Futbolni qöllab-quvvatlaş biz uçun kelajakka investitsiya. Sport infratuzilmasini rivojlantiriş, futbolçilar va muxlislar uçun yangi imkoniyatlar yaratiş orqali biz futbol millionlab özbekistonliklarning kundalik hayotiga aylanişini istaymiz. Işonçimiz komilki, Futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda yangi ğalabalar va yorqin sport tarixi uçun poydevor qöya olamiz», — deya ta’kidladi Uzum Bank Kuzatuv kengaşi raisi Ğulomov Rasuljon