Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AEXA Zaporijjya AES yaqinidagi otishma va tutun haqida xabar berdi
AEXAning Zaporijjya AESdagi kuzatuvchilari elektr stansiyasi yaqinida otishma va qora tutun haqida xabar bergan. Hozircha qurbonlar va vayronalar haqida ma’lumot yo‘q, dedi AEXA bosh direktori Rafael Grossi.
Foto: ViennaMissionRu / Telegram
16 sentabr, seshanba kuni Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Rossiya tomonidan bosib olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasi (ZAES) yaqinidagi otishma haqida xabar berdi. Agentlik bayonotida aytilishicha, AEXA kuzatuvchilari otishmadan keyin «yaqin atrofdagi uchta joydan qora tutun ko‘tarilganini» ko‘rgan.
AEXAga Rossiya tomonidan tayinlangan zavod rahbariyati tomonidan bir nechta artilleriya snaryadlari «Zaporijjya AES perimetri tashqarisidagi dizel yonilg‘isi omboridan taxminan 400 metr uzoqlikdagi hududga tushgani» haqida ma’lum qilindi», — deyiladi press-relizda. Hozircha na Rossiya, na Ukraina BMT agentligi bayonotlariga munosabat bildirmadi.
«Talafotlar va jihozlarga zarar yetkazilgani haqida ma’lumot berilmagan bo‘lsa-da, bu hodisa yana bir bor yadroviy xavfsizlikka davom etayotgan tahdidni ta’kidlaydi», — dedi AEXA bosh direktori Rafael Grossi. U yana bir bor atom elektr stansiyalari yaqinida «kech bo‘lmasdan oldin» «maksimal vazminlikka» chaqirdi. «Bir paytlar deyarli tasavvur qilib bo‘lmaydigan narsa — yirik yadroviy obektlar yaqinida otishma yoki boshqa harbiy harakatlar bu dahshatli urush paytida odatiy holga aylandi», deb qo‘shimcha qildi Grossi.
Mavzuga oid
14:32 / 13.01.2026
Yangiobod va Chorkesarda yerlarni tiklash ishlari yakuniy bosqichga o‘tadi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
14:18 / 29.12.2025
ZAES yaqinida ta’mirlash davomida o‘t ochish vaqtincha to‘xtatildi
09:51 / 24.12.2025