Nemis adliyasidan yaşiringan Wirecard moliyaviy kompaniyasining sobiq boş direktori Yan Marsalek Moskvada yaşayapti, Rossiya FSB bilan hamkorlik qilyapti va Rossiya Federatsiyasi tomonidan bosib olingan Ukraina hududlariga muntazam taşrif buyuryapti. Bu haqda The Insider va Der Spiegel naşrlarining 16 sentabr, seşanba kuni çop etilgan qöşma suriştiruvida aytiladi.

Jurnalistlarning ta’kidlaşiça, Marsalek dunyo miqyosida qidirilayotgan jinoyatçilardan biri bölib, «deyarli yaşirinmagan holda» Moskva markazida sayr qilib yuradi. Çop etilgan fotosuratlardan birida Wirecard boşqaruv kengaşining sobiq a’zosi göyoki Rossiya FSBning 41 yoşli xodimi Tatyana Spiridonova bilan birga yurgan. Marsalek u bilan kamida 2021 yildan beri munosabatda bölgan, deyiladi qöşimça ma’lumotlarda.

«Spiridonova Marsalekning köplab operatsiyalaridan xabardor bölgan va hatto ularda qatnaşgan. Masalan, 2022 yilning iyun oyida Marsalek özi Venada yaratgan josuslik tarmoği yordamida bir guruh avstriyalik siyosatçilar va xavfsizlik amaldorlarini kuzatgan», deb yozadi jurnalistlar.