London shahrida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori Behzod Musayev, Buyuk Britaniyadagi favqulodda va muxtor elchi Ravshan Usmonov hamda Britaniyaning Association of Labour Providers (ALP - Mehnat ta’minotchilari uyushmasi) bosh direktori Devid Kamp o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Muzokarada Buyuk Britaniya Mehnat ta’minotchilari uyushmasi (ALP) direktori Devid Kamp: "O‘zbekiston Migratsiya agentligi bilan o‘zbekistonlik yoshlarni Angliya korxonalariga ishga joylashtirishdagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga tayyormiz", - deya ta’kidladi.
Uchrashuvda Britaniyaning mavsumiy ishchilar dasturi bo‘yicha O‘zbekiston fuqarolari uchun kvotalarni oshirish, yangi mavsumiy operatorlar bilan shartnomalar tuzish hamda fuqarolarni xavfsiz va tashkillashtirilgan holda ishga yollash yuzasidan kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun: ALP - Buyuk Britaniyaning mavsumiy ishlar, oziq-ovqat, sanoat, logistika kabi sohalarda ishchilarni yetkazib beruvchi va manfaatlarini qo‘llab quvvatlovchi tashkiloti. Ushbu uyushmaga 300 dan ziyod yirik kompaniyalar a’zo.















