Jamiyat | 11:38 / 19.09.2025
12873
1 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgdagi qurilish maydonchasida o‘zbekistonlik ishchi halok bo‘ldi

Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik 23 yoshli ishchi vafot etdi. U Rossiya Oliy sudi binosi qurilishida ishlayotgan vaqtida 15 metr balandlikdan qulagan.

Illyustrativ foto

Shimoli-g‘arbiy mintaqalararo mehnat inspeksiyasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yigit 16 sentabr kuni havoza ustida ishlayotgan vaqtida muvozanatni yo‘qotib, yiqilib tushgan. Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar u olgan jarohatlaridan vafot etgan.

Tekshiruv natijasida marhum va qurilish kompaniyasi o‘rtasida rasmiy mehnat shartnomalari tuzilmagani ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiya boshlig‘ining o‘rinbosari Olga Kazanskayaning ta’kidlashicha, ehtimoliy sabablarga shaxsiy himoya vositalarining yetishmasligi, jamoaviy xavfsizlik vositalari kamligi va balandlikda ishning yaxshi tashkil etilmagani kiradi.

Mavzuga oid