Turkiyalik mutaxassis Sedat Qoya Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga direktor etib tayinlandi. Bu haqdagi buyruqni soğliqni saqlaş vaziri Asilbek Xudayarov imzoladi, deb xabar qildi SSV matbuot xizmati.
Sedat Qoya dastlab Anqara universitetining tibbiyot fakultetida ta’lim olgan. Keyinçalik Anadolu universitetida biznes boşqaruvi, Otaturk universitetida tibbiyot muassasalarini boşqariş yönalişlarida bakalavr hamda Sakariyo universitetida soğliqni saqlaşni boşqariş yönalişida magistratura bosqiçini tamomlagan.
Xorijlik mutaxassis 2011–2018 yillarda Sakariyo universitetining klinik şifoxonasi va Sakariyo davlat şifoxonalari ittifoqida turli lavozimlarda işlagan. Şuningdek, Sakariyo soğliqni saqlaş boşqarmasi vitse-prezidenti hamda boşliği sifatida faoliyat yuritgan.
Ta’kidlanişiça, yangi rahbar zimmasiga Özbekistonda onkologiya xizmatini jahon standartlari darajasiga olib çiqiş, sohada zamonaviy menejmentni yölga qöyiş, xorij tajribasi asosida eng sönggi taşxis va davolaş usullarini amaliyotga tatbiq etiş, joylarda skrining tadbirlari qamrovini yanada kengaytiriş, şuningdek, sohaga sun’iy intellekt va innovatsion texnologiyalarni joriy qiliş, tizimni töliq raqamlaştiriş orqali şaffoflikni ta’minlaş, tibbiy turizmni rivojlantiriş hamda yoş kadrlarning bilim va salohiyatini mustahkamlaş, ilmiy tadqiqotlarni qöllab-quvvatlaş bilan boğliq bir qator vazifalar yuklangan.
19 sentabr kuni Şavkat Mirziyoyev soğliqni saqlaş tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazib, beşta tibbiyot markaziga xorijiy professional menejerlarni jalb qiliş yoki ularni xorijdagi nufuzli klinikalar boşqaruviga beriş imkoniyatini örganişni buyurgan edi.

















