Arterial gipertenziya eng keng tarqalgan kasalliklardan biri. Ammo bu kasallikda har öninçi bemorga dori yordam bermaydi, deyişmoqda mutaxassislar. Seçenov universiteti olimlarining aniqlaşiça, qon bosimi oşişiga nafaqat fiziologik, balki ruhiy holat – xavotir va tuşkunlik ham sabab bölişi mumkin. 

Tadqiqotlarda ma’lum bölişiça, gipertoniyaga çalingan 36,8 foiz insonlarda xavotir-tuşkunlik holatlari uçraydi. 

«Bu holatda qon quyuqlaşadi, tromblar hosil bölişi xavfi oşadi. Yurak urişi tezlaşib, qonda glyukoza miqdori köpayadi», — deydi Seçenov universiteti psixiatriya va psixosomatika kafedrasi mudiri, Klinik tibbiyot instituti direktori Beatrisa Volel.

Xavotir va tuşkunlik gipertoniya xavfini ayniqsa keksalarda – erkaklarda 3,6 va ayollarda 7 martaga oşiradi. Örta yoşlilarda esa bu xavf ikki baravarni taşkil etadi.

«Bemorlarda infarkt yoki insultdan vahimaga tuşiş qon bosimi yanada oşişiga olib keladi», — deya qayd etadi professor Volel.

Tadqiqotçilarning fikriça, gipertoniya diagnostikasi va profilaktikasida albatta xavotir va tuşkunlik holatlari ham örganilişi, uni davolaşda esa kardiologlar va ruhşunoslar hamkorlik qilişi lozim.