Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Britaniyadagi diplomatik ta’lim muassasasi bilan hamkorlik qiladi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Buyuk Britaniyaning Global Diplomatic Forum tashkiloti asoschisi va rahbari Yunus el-Gazi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv avvalida Yunus el-Gazi Global Diplomatic Forum shakllanishi va tashkilotning asosiy vazifalari to‘g‘risida so‘zlab berdi. U, shuningdek, so‘nggi yillarda O‘zbekiston ta’lim tizimida amalga oshirilgan samarali islohotlarni yuksak baholadi.
Muloqot yakunida, GDF bilan diplomatlar malakasi va ko‘nikmalarini oshirish, ular uchun mo‘ljallangan o‘quv dasturlarini birgalikda uyushtirish bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.
Global Diplomatic Forum – GDF Londonda ta’sis etilgan. Tashkilotning asosiy faoliyati diplomatlar, mutaxassislar hamda sohaga qiziqish bildirgan talabalar uchun davra suhbatlari, treninglar, diplomatik etiket, protokol va marosimlarga bag‘ishlangan kurslarni o‘tkazishga qaratilgan. Hozirgi kunga qadar mazkur kurslarni 75 ta mamlakatdan kelgan ikki mingdan ziyod tinglovchi tamomlagan.
Mavzuga oid
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026
Charlz III Britaniya monarxlari orasida birinchi bo‘lib soliqlarini e’lon qildi
18:22 / 26.06.2026