Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Latviya mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitimni ko‘rib chiqishni tezlashtiradi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari va Latviya elchisi mehnat migratsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning amaliy jihatlarini muhokama qildi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Olim Abdullayev Latviya elchisi Girs Yaunzems bilan uchrashdi.
TIV ma’lumotiga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida joriy yilning 27-28 yanvar kunlari O‘zbekiston delegatsiyasining Latviyaga tashrifi yakunlari muhokama qilindi va mehnat migratsiyasi sohasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha keyingi qadamlar kelishib olindi.
Uchrashuv yakunida Latviya tomoni bilan hukumatlararo bitimni ko‘rib chiqish jarayonini tezlashtirish va Tashqi ishlar vazirliklarining tegishli bo‘linmalari o‘rtasida konsullik maslahatlashuvlarini tashkil etishga kelishib olindi.
Mavzuga oid
11:55 / 02.07.2026
O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarida Rossiyaning ulushi pasayishda davom etmoqda
12:17 / 30.06.2026
1,6 mln o‘zbekistonlik ishi tufayli ro‘yxatga olish vaqtida doimiy yashash joyida bo‘lmagan
20:27 / 26.06.2026
Rossiyada migrantlar uchun bojlar 5-12 baravar oshirildi
17:36 / 24.06.2026